Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Bolalardagi ikkilamchi enterktlar, enterokolitlar va gastrokolitlar
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
Bolalardagi ikkilamchi enterktlar, enterokolitlar va gastrokolitlar. Ikkilamchi gastroenterokolitlarda me’da-ichak yo‘lining zararlanishi stafilokokk; infeksiyalarining boshqa o‘choqlarga qo‘shilib ketishi natijasida aniqlanadi. Bunda «stafilokokk anamnezi» e’tiborni jalb etadi. Stafilokokkli sepsisning tez-tez uchraydigan ichaklar disfunksiyasi xodisasiga, uzoq muddatli septik yoki subfebril haroratga, yiringli o‘choqlar rivojlanishiga, anoreksiya, vaqti-vaqti bilan qusish va ovqatni qusib yuborish, anemiyaga (kamqonlik) asoslanib tashxis qo‘yiladi.
Ichak disfunksiyasi kasallik avj olganda kuzatilib, to boshqa a’zolarda yallig‘lanish yo‘qolib ketmagncha uzoq vakt saklanib turadi. Ichak disfunksiyasi bor stafilokokkli sepsis aksari hayotining birinchi yilini yashayotgan bolalarda kuzatiladi. Bunda ko‘pincha og‘ir toksik olatlar rivojlanishi ko‘riladi. Tashxisi. Stafilokokklar keltirib chiqaradigan o‘tkir ichak infeksiyasiga tashxis qo‘yish qiyin. Bu kasallik klinik alomatlarining boshqa yo‘l orqali yuzaga kelgan ichak infeksiyalari (dizenteriya, salmonellyoz va h. k) ga o‘xshab kechishi bilan izohlanadi. Hatto ichak infeksiyasi bo‘lgan bemorlar axlatidai stafilokokklarning patogen shtammlarining ajralishi kasallik stafilokokklar tufayli paydo bo‘lgan deb xulosa chiqarishga dalil bo‘la olmaydi. Epidemiologik ma’lumotlar xisoblangan stafilokokkning patogen shtammlari tashuvchilari yoki stafilokokk kasalliklari (oiada mastit, angina borligi, stafilodermiya va h.k.) bilan og‘rigan bemorlar bilan aloqada bo‘lish tashxis qo‘yishga yordam beradi. Davosi. Antibiotiklar etiotrop davolash usullari orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Preparatlar tanlashda ularga qo‘zg‘atuvchining sezuvchanligini aniqlash natijalariga amal qilgan ma’kul. Stafilokokklar o‘z sezuvchanligini saqlab qolgan kuyidagi antibiotiklar tavsiya qilinadi: yarim sintetik penitsillinlar, monomitsin, kanamitsin, eritromitsnn, gentamitsin, sefalosporinlar. Katta miqdorlarda bo‘lsada, benzilpenitsillin ham muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin (bir kecha-kunduzda 200000—300000 TB/kg va bundan ortis). Og‘ir hollarda ikkala antibiotikni ishlatish tavsiya qilinadi. Zaharlanish (intoksikatsiya)ni kamaytirish uchun 5—7 kun mobaynida har kunn 5—6 AYE/kg miqdordagi stafilokokka qarshi immunoglobulin qo‘llanadi. Bir yoshdan oshgan bolalarda spetsifik immunologik reaktivlikni oshirish uchun og‘ir va cho‘zilib ketgan formalarda 5—7 inyeksiyali stafilokokk anatoksini 2—3 kun dam berib, 0,1 dan 1,0 ml gacha oshib boruvchi miqdorda qo‘llanadi. Stafilokokk infeksiyasining ichak formasi bo‘lgan bemorlarga kompleks davo qilish zarur. U stafilokokk qo‘zg‘atuvchisini susaytirishga, organizmdan uning xayot faoliyati mahsulotlarini chiqarib yuborishga va organizm himoya kuchlarining oshishiga qaratiladi. Antibiotiklar spetsifik vositalar bo‘lmish stafilokokka qarshi plazma, globulin, stafilokokkli anatoksin, antifagin, bakteriofag bilan oqilona ishlatilganda durust ta’sir qiladi. Stafilokokkli enterokolitlarga uchragan bemorlarda, ko‘pincha ichaklar disfunksiyasi holatlarini mushkullashtirib ko‘yadigan assotsirlangan disbakterioz rivojlanadi. Disbakterioz patogen stafilokokklarning faol ko‘payishiga va ularning ichakning barcha bo‘limlariga joylashib olishiga yordam beradi. Shu munosabat bilan ichak mikroflorasini normaga solish uchun bifidumbakterin, laktobakterin, kolibakterin, bifikol singari biologik preparatlar bilan davolash gassnya qilinadi. Bunday preparatlarni kasallikning erta muddatlarida 15—20 kun mobaynida yosh normasidan ko‘ra 2—3 marta oshib ketadigan miqdorlarda tayinlash lozim. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling