Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet94/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Patogenezi. Stafilokokklar ichak bo‘shlig‘ida ko‘payib, fermentlar yordamida (erkin koagulaza, fibrinolizin, gialuronidaza) ichak shilliq pardasining butunligini zararlantirib to‘qimalarga tushadi.
Klinikasi. Stafilodermiya, stafilokokkli pnevmoniya, plevrit, piyelonefrit, sepsis bo‘lishi ehtimol. Stafilokokkli enterokolit (stafilokokkli diareya) ilk yoshdagi bolalarda ko‘pincha ichak disbakteriozi ko‘rinnshida paydo bo‘lib, ko‘pincha boshqa ichak infeksiyalari bilan birga davom etadi. Tez-tez ich kelib turishi, sust yoki o‘rtacha ifodalangan toksikoz bilan ta’riflanadi. Axlatda shilliq aralashmalari, ba’zan qon laxtalari ham bo‘lishi mumkin. Chaqaloqlarda nekrotik-yarali enterokolitlar yuzaga keladi. Stafilokokk infeksiyasining ichak turnda ko‘p martalab bakteriologik tekshiruvlar bilan aniqlanadigan bir tipdagi patogen stafilokokkning axlat bilan birga ko‘plab miqdorda ajralishiga qarab tashxis qo‘yish tavsiya etiladi. Serologik usullar (agglutinatsiya reaksiyasi, antitoksinni aniqlash) faqat bir yoshdan oshgan bolalardagina qo‘llanadi.
Stafilokokkli skarlatinaga o‘xshash sindrom biror stafilokokk infeksiyasi mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va skarlatinada kuzatilgandagi kabi ekzantema toshishi bilan ta’riflanadi, angina bo‘lmasligi ehtimol. Zaiflashgan premorbid foni stafilokokklarning ichaklarda fiziologik normativlardan ancha oshib ketadigan miqdorda ko‘paygan, shuningdek, mastit bo‘lgan hollarda tashqaridan ko‘plab infitsirlanish ro‘y bergan sharoitlarda apatogen shtammlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Stafilokokk etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyasini boshdan kechirgandan keyingi immunitet kuchsiz va qisqa muddatli bo‘ladi.
Stafilokokklar keltirib chiqaradigan o‘tkir ichak xastaliklarining klinik manzarasi juda xilma-xil bo‘lishi bilan ta’riflanadi, bu ularga tashxis qo‘yishni mushkullashtiradi.
Ovqat toksikoinfeksiyasi. Bu kasallik bilan 1 yoshdan oshgan bolalar ko‘proq kasallanadilar. Inkubatsion davr 3—6 soat davom etadi. Kasallik stafilokokk bilan zararlangan ovqat iste’mol qilingandan keyin o‘tkir boshlanadi. Dastlabki kecha-kunduzdayoq harorat ko‘tarilib, qayta-qayta qusish bilan namoyon bo‘ladigan og‘ir toksikozning klinik manzarasi rivojlanadi. Tez-tez ich ketadi, oz-moz shilliq, goho qon aralash bo‘ladi. Toksikoz tezda zo‘rayib boradi, umumiy bezovtalanish paydo bo‘ladi, hushdan ketish, qattiq chanqoqlik kuzatilishi mumkin. Yurak tovushi bo‘g‘iq, tomir urishi tezlashgan bo‘ladi. Ba’zan intoksikatsiya kamayganda yo‘qolib ketadigan mayda nuqtali toshmalar toshishi kuzatiladi. O‘z vaqtida boshlangan dezintoksikatsion va simptomatik terapiya bemor ahvolining tezda yaxshilanishiga yordam beradi. 2— kundan keyin toksikoz holatlari o‘tib ketadi, 1-haftaning oxiriga kelib, ich kelishi normallashadi.
Stafilokokk etiologiyali ovqat toksikoinfeksiyasida stafilokokklarning axlatda ko‘p miqdorda ajralishiga, shuningdek, qo‘zg‘atuvchilarning qusuq massalarida va me’daning yuvindi suvlarida topilganligiga qarab tashxis qo‘yiladi. Bunda spetsifik antitelolar titrinnng oshib borishi qayd qilinadi. Ich tez-tez keladi, patologik aralashmalar hisoblangan shilliq ba’zan qon aralashgan bo‘ladi.
Sutkasiga 10—15 marta kch keladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling