Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet102/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Hozirgi vaqtda tulyaremiyaning quyidagi umum qabul qilingan tasnifi bor.
Jarayonning joylashuviga ko‘ra: a) shilliq pardalar va limfa tugunlari zararlangandagi tulyaremiya (bubonli, yarali-bubonli, ko‘z, anginoz-bubonli boshqa tashqi qoplamlari zararlanishi); b) asosan ichki organlar zararlangandagi tulyaremiya (nafas yo‘llari, me’da-ichak yo‘li, boshqa ichki a’zolar).
Jarayonning og‘ir-yengilligiga karab: yengil, o‘rtacha orir va og‘ir turlari mavjud.
Qanchalik davom etishiga qarab: o‘tkir, cho‘zilib ketgan, qaytalanadigan turlari ham aniqlangan.
Tulyaremiyaning inkubatsion davri 1 kundan 21 kungacha o‘zgarib turadi, ko‘proq u 3—7 kun bo‘ladi. Kasallik o‘tkir boshlanadi va quyidagnlar: et uvishishi, bosh og‘rishi, mushaklarda og‘riq, ba’zan bemor qayt qilishi, burundan qon oqishi kuzatiladi. Yuz shilliq pardalari qizargan (giperemiyalangan), inyeksiyalangan bo‘ladi. Ilk yoshdagi bolalarda yuqori nafas yo‘llarida ko‘pincha kataral hodisalar qayd etiladi; Yurak tonlarining bo‘g‘iq eshitilishi, ba’zan sistolik shovqin eshitilishi, arterial bosimining pasayishi aniqlanadi. Hazm a’zolari sistemasida ishtaha yo‘qligi, goho qorin og‘rishi, qabziyatga moyillik, deyarli hamma vaqt jigar kattalashuvi qayd qilinadi. Ko‘pincha kasallikning 6—9- kunida taloq kattalashadi. Hayotining dastlabki 2-yilini yashayotgan bolalar me’da-ichak yo‘lida o‘zgarishlar ayniqsa ko‘p kuzatiladi.
Asab sistemasining zararlanishi, uyquning buzilishi, doimo bosh og‘rishi, og‘ir hollarda es-hushning xiralashuvi, alahsirash bilan ta’riflanadi. Periferik qonda o‘rtacha leykotsitoz, chapga siljigan neyrofilyoz, tezlashgan ECHT qayd qilinadi. Kasallikning bubonli turida regionar limfa tugunlari yallig‘lanib, kattalashadi. Infeksiyaning o‘rnashgan joyiga va birlamchi zararlanishlarning joylashuviga qarab yarali-bubonli, ko‘z-bubonli va anginoz-buboni turlar farq qilinadi. Birlamchi va ikkilamchi bubonlar tafovut qilinadi. Birlamchi bubonli infeksiya limfogen yo‘l orqali, ikkilamchi bubonli infeksi esa gematogen yo‘l orqali a’zoga tushadi. Bubon so‘rilib ketadi, yiringlaydi, yara bosadi, skleroz kuzatiladi.
Bolalarda tulyaremiyaning klinik turlaridan ko‘proq anginoz-bubonli turi uchrab turadi.
Ichki a’zolar zararlangandagi tulyaremiyada o‘pka turini ajratishadi. Patogenetik nuqtai nazardan birlamchi va ikkilamchi o‘pka zararlanishlari tafovut qilinadi. Kasallik ko‘krak qafasi sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi bilan davom etadi. Birlamchi zararlanishlar bronxit va zotiljam ko‘rinishida o‘tadi. O‘pkaning ikkilamchi zararlanishlari birmuncha kechki muddatlarda kuzatiladi.
Asosan me’da-ichak yo‘li zararlanishi bilan o‘tadigan tulyaremiya qorinda kuchli og‘riq turishi bilan ta’riflanadi. Boshqa a’zolar zararlanishi bilan o‘tadigan tulyaremiya turi kasallikning lokal o‘zgarishlarsiz o‘tadigan umumiy simptomlarida namoyon bo‘ladi. Umumiy intoksikatsiyaning og‘ir simptomlari mavjud bo‘lib, ko‘pincha polimorf toshmalar toshishi, bo‘g‘imlar shishishi va og‘riq berishi bilan xarakterlanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling