Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


ENTEROVIRUS KASALLIKLARI (ENTEROVIROSIS)


Download 426.91 Kb.
bet105/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

ENTEROVIRUS KASALLIKLARI (ENTEROVIROSIS)


Etiologiyasi. Uch (I, II, III) turdagi poliomiyelit viruslari: A guruhiga oid (23 ta tur) Koksaki viruslari, V guruhi (6 ta tur) va 32 ta turdagi ECHO viruslari enterovirus (ichak viruslari) ga mansubdir.
ECHO va Koksaki viruslarining uz fizikaviy-kimyoviy xossalariga ko‘ra, ko‘pgina o‘xshashlik tomonlari bor. Bu eng mayda viruslar bo‘lib, RNK va oqsil qobig‘idan tarkib topgan. Ularning genetik va infeksion xossalari RNK bilan, antigen spetsifikligi — oqsil qobig‘i bilan bog‘langan. Viruslar tashqi muhitga chidamlidir. Koksaki va ECHO viruslari asosan odam ichaklarida yashaydi, iqlimi issiq bo‘lgan mamlakatlar aholisi orasida yoz va kuz boshida kuzatiladi. Bolalar enteroviruslarga eng beriluvchan bo‘lib, ularda tug‘ma va orttirilgan immunitet bo‘lmaydi.
Ichak viruslarining antigen strukturasi ancha murakkab bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Bemorlar va enterovirus tashuvchilari infeksiya manbai hisoblanadi.
Bemorlar hammadan ko‘ra xavfli bo‘ladi, chunki ular kasallikning dastlabki kunlarida burun-yutqin sekreti bilan virus ajratadilar.
Sog‘lom tashuvchanlik chastotasi 30 dan 90%ni tashkil ztadi, ayni paytda sog‘lom bolalar orasida u turli sharoitlar (yosh, yil fasli)ga bog‘lik bo‘ladi.
Enteroviruslar bemor va tashuvchi organizmidan axlat, burun-yutqin sekreti bilan ajralib chiqadi va bu atrof-muhitning keng ko‘lamda infitsirlanishiga sabab bo‘ladi.
Fekal-oral yo‘l — infeksiya o‘tishi uchun asosiy yo‘l bo‘lsada, lekin ko‘pgina olimlarning fikricha, virus havo-tomchi yo‘li bilan ham o‘tadi.
Patogenezi. Yuqori nafas yo‘llari va ovqat hazm qilish yo‘lining shilliq pardasi Koksaki va ECHO viruslari uchun kirish darvozasi bo‘lib hisoblanadi. Mikroorganizmning dastlabki holati patogenetik jarayon rivojlanishida yetakchi o‘rinni egallaydi. Organizm rezistenligini susaytiradigan qator omillar (toliqish, sovuq oldirish, issiqlab ketish, o‘tkir xronik kasalliklarni boshdan kechirish, shikastlanishlar) infeksiyaning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bu omillarning hammasi u yoki bu yetakchi klinik sindrom rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning immunobiologik xossalari ojizlik qilganda virus organizmga tushib ko‘paya boshlaydi, yuqish bosqichi boshlanadi. Virusning birlamchi qo‘payishi burun-yutqin xalqasi, ichak va regionar limfa tugunlarining limfoid to‘qimasida kuzatiladi. Bu yerda regionar infeksiya bosqichi hisoblangan yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanadi. Virus qonga o‘tishi bilan virusemiya (intoksikatsiya) bosqichi rivojlanadi. Viruslarning toksikoinfeksion xossalari mayda qon-tomir devorining zararlanishiga yordam beradi, natijada shish paydo bo‘lib, a’zo hamda to‘qimalarda, ayniqsa markaziy nerv sistemasida gemodinamikaning buzilishi aniqlanadi.
Infeksion jarayon kasallik rivojlanishining har qanday bosqichida ham to‘xtab qolishi mumkin, ayni paytda u regionar infeksiya bosqichida to‘xtab qoladi — jarayon snmptomsiz o‘tib, beqaror immunitet ishlanib chiqishi bilan tugallanadi. Virusemiya bosqichida klinikada ifodalanmagan jarayon lokalizatsiyasiz qisqa muddatli isitma bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Enterovirus infeksiyasi kasallik avj olayotgan paytda havo-tomchi yo‘li bilan tarqalishi ehtimol, keyinchalik esa fekal-oral yo‘li orqali kuzatiladi.
Qasallikka beriluvchanlik ancha yuqori bo‘ladi, u bolaning yoshiga taalluqlidir. Bola 1 yoshligidan, ko‘proq 3—10 yoshligidan enterovirus kasalligiga chalinadi. Enteroviruslar bilan kasallanish yoz-kuzda qayd qilinadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling