Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
QAYTALANUVCHI KANA TERLAMASI
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi
- Epidemiologiyasi
- Patogenezi va patologik anatomiyasi.
QAYTALANUVCHI KANA TERLAMASI
O‘tkir infeksion xastalik bo‘lib, uni turli kanalar orqali o‘tadigan borreliyalar keltirib chiqaradi va qisqa muddatli isitma bilan kechadi. Kasallikning qaytalanuvchi kana isitmasi, kana spiroxetasi, kana rekurrensi, bundan tashqari, tarqalish joyiga qarab Markaziy Osiyo qaytalanuvchi terlamasi, Shimoliy Afrika, Osiyo, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika rekurrensi kabi sinonim nomlari bor. Etiologiyasi. Kana borreliozini spiroxetalar keltirib chiqaradi. Odamda borreliozning qariyb 20 qo‘zg‘atuvchilari qayd qilingan, lekin ular morfologik jihatdan (biologik belgilardan tashqari) bir-biriga o‘xshab ketadi. Kasallik vibrioni buramaga o‘xshab egilgan ip yoki bir oz cho‘zilgan buramani eslatadi. Ba’zan u yarim doira shaklida joylashib, uchlari o‘tkirlashgan bo‘ladi. Yirik burmachalar soni 4 dan 12 gacha, ba’zan bundan ham ko‘proq bo‘ladi. Ilonga o‘xshab va shtoporg simon harakat qiladi. Epidemiologiyasi. Argas kanalari borrelioz qo‘zg‘atuvchilarining asosiy xo‘jayin tashuvchilari bo‘lib xizmat qiladi. Kanalar o‘z xo‘jayinlari — yovvoyi sut emizuvchilarda, qushlar va reptiliyalarda yashaydi, bu borreliyalar, kanalar va hayvonlar orasida aylanib yurish uchun tabiiy o‘choq hisoblanadi. Patogenezi va patologik anatomiyasi. Kana chaqqan borreliyalar odam organizmiga tushib retikuloendoteliy tomonidan qamrab olinadi va ular ana shu yerda ko‘payadi. Borreliyalar ko‘payar ekan, yetarli miqdorda to‘planib, retikuloendoteliy to‘sig‘ini teshib o‘tib qonga tushadi natijada kasallik kelib chiqadi. Mazkur xastalik patogenezida quyidagi bosqichlar ajratiladi: 1) zararlanish bosqichi; 2) birlamchi spiroxetemiya; 3) toksinemiya; 4) spiroxetalar reaksiyasi; 5) gumoral hujayraviy mexanizmlar reaksiyasi; 6) toksinemiya hollari va qaytalangan spiroxetemiya. Klinikasi. Inkubatsion davr 4—15 kun atrofida, ko‘proq 6—10 kun davom etadi. Kasallik o‘tkir, ko‘pincha birdan boshlanadi. Ba’zi hollarda prodromal holatlar — umumiy holsizlik, oyoq-qo‘llar, badanning qaqshab og‘rishi, bel va boldir mushaklari og‘rishi ko‘rinishida qayd qilinadi. Tez-tez bosh og‘rib turishi, shuningdek, oz-moz et uvishishi, harorat 38—38,5°S gacha va bundan ko‘proq ko‘tarilishi mumkin. Prodromal holatlar 3—4 kun davom etishi mumkin, harorat tushib ter chiqadi, barcha og‘riq beruvchi simptomlar o‘tib, bemor ahvoli yaxshilanadi. Borrelioz klinikasi paroksizmlar bo‘lishi, et uvishishi, issiqlab ketish, terlash bilan ta’riflanadi. Xurujlar to‘satdan, haroratning uchqun tezligi kabi 39—40° gacha keskin ko‘tarilishn bilan boshlanadi, kuchli bosh og‘rig‘i, junjikish qayd etiladi, keyin bemor qattiq isitmalab, beli, oyoq-qo‘llari, boldir mushaklari og‘riydi, bezovtalanadi, uyqusizlik boshlanib, ba’zan alahsiraydi. Tomir tez-tez uradi, yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘ladi, tilni karash qoplagan, ishtaha bo‘lmaydi. Xuruj paytida yuz qizarib ketgan, jigar va taloq kattalashgan bo‘ladi. Xuruj xaroratning juda ham tushib ketishi va tez-tez chiqishi bilan tugallanadi, u 5—6 soat davom etishi, lekin ter kamroq chiqishi ham mumkin. Ba’zi hollarda xuruj me’da-ichak buzilishlari (qusish, qorinda spastik orriqlar va ich ketar holida) bilan davom etadi. Xurujdan keyin harorat birdaniga tushib ketadi, bemorda umumiy quvvatsizlik paydo bo‘ladi, lekin og‘riq, holsizlik o‘tib ketadi, axvol yaxshilanadi, hatto ishlash qobiliyati ham tiklanadi. Dastlabki xuruj bir necha soatdan 2—4—6 kunga cha davom etadi. Ba’zan ertalabki remissiyalar bo‘lgan holda haroratning qisqa muddatga ko‘tarilishi kuzatiladi. Ikkinchi xuruj 1—6—8 kundan keyin rivojlanadi va u 4—8 soatdan 4—8 kungacha davom etadi. Kana boreliozida xarorat kasallik endi boshlanganda interittirlovchi tusda bo‘lishi mumkin. Qaytalanuvchi xurujlar soni o‘rta hisobda 8—10 gacha yetgan, lekin bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, har bir keyingi xurujdan so‘ng uning ko‘proq davomiyligi qisqarib boradi, apirektik davr esa yanada uzayib, 10—15—20 kungacha davom etadi. Kasallik 3 haftadan 3—4 oygacha davom etishi mumkin. Kana borreliozida yengil xurujlar kuzatilib, bemorlar bularni osongina ko‘targan, shuningdek, ularda simptomsiz spiroxeta tashuvchilik ham qayd qilingan. Periferik qonda ozroq gipoxrom kamqonlik (6—10 marta xuruj tutgandan keyin), neytrofilyoz biroz oshgani, o‘rtacha leykotsitoz, nisbiy limfotsitoz, monotsitoz, eozinopeniya qayd qilinadi. ECHT tezlashgan bo‘ladi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling