Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi
- Etiologiyasi
Asoratlari. Aksariyat kana borreliozining og‘ir o‘tadigan turlarida — pnevmoniya (zotiljam), sepsis, gepatit, sariqlik, nefrit, otit, ko‘z zararlanishi (irridotsiklitlar, iritlar, shishasimon tananing xiralashuvi) kuzatiladi.
Tashxisi. Tashxisda epidemiologik vaziyat — hisobga olinadi. Tashxis uchun biologik hayvonlarga kasallangan hayvonlar qonini yuqtirish usulidan (dengiz cho‘chqalari, oq sichqonlar) ham foydalaniladi. Yuqtirib bo‘lgandan so‘ng kasallikning 1—5-kunida zararlangan hayvonlarning qoni borreliyalar bor-yo‘qligiga tekshirib ko‘riladi. Kana borreliozini epidemik qaytalanuvchi bit borreliozi, bezgak, isitma, falaj, ensefalitlardan differensial tashxis qilish lozim. Davosi. Antibiotiklar kana spiroxetozini zamonaviy davolashning asosini tashkil etadi. Levomitsetin 0,1—0,15 dan kuniga 4 marta, eritromitsin 0,15 dan kuniga 4—6 mahal beriladi. Antibiotiklar bilan davolash kursi tana harorati barqaror bo‘lguncha, odatda 5—7 kun mobaynida o‘tkaziladi. Simptomatik davo bemorning umumiy ahvoli va ko‘rsatmalarga qarab olib boriladi. Isitma xuruji davrida bemorlarga yetarli miqdorda kaloriyali va oson hazm bo‘ladigan ovqatlar berilishi lozim. Asoratlarda va qo‘shilib qolgan kasalliklarda asosiy davo zarur bo‘lgan qo‘shimcha davolash vositalari bilan to‘ldiriladi. Profilaktikasi. Eng avvalo kanalar hujumidan muhofaza qilish va kanalarga qarshi kurash chora-tadbirlar kompleksi kana borreliozini profilaktika qilishning asosiy maqsadi hisoblanadi. O‘LAT (PESTIS) J.uda og‘ir zaharlanish, isitma, limfatik sistema, o‘pka va boshqa a’zolar zararlanishi bilan ta’riflanadigan o‘tkir infeksion kasallikdir. O‘lat tabiiy o‘choqli transmissiv infeksiyalar guruhiga taalluqlidir. Etiologiyasi. O‘lat qo‘zg‘atuvchisi kattaligi 1—3X 0,3—07 mkm keladigan uchi dumaloq tayoqchalardan iborat. O‘lat qo‘zg‘atuvchisi harakatsiz, sporalar hosil qilmaydi, kapsulasi shilliqli, grammanfiy bo‘lib, barcha anilin bo‘yoqlari bilan bo‘yaladi. Bemor to‘qimalari, odam va hayvonlarning yangi murdalaridan tayyorlangan suyuq oziqali muxitlarda o‘stirilgan, bo‘yalgan surtmalarda bipolyar kuzatilib, mikrob oxirida birmuncha quyuq va o‘rta qismida kuchsiz bo‘yalgan bo‘ladi. Odamdagi suyuq va zich oziqali muhitlarda harorat 25—30°S va rN 6,9—7,2 bo‘lganda o‘sadi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling