Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet112/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Asoratlari. Bolalarda vabodan tuzalib ketgandan keyingi asoratlar kattalardagiga qaraganda tezroq rivojlanadi va og‘irroq o‘tadi. Tez-tez uchrab turadigan asoratlardan (kanalcha nekrozi tufayli) o‘tkir buyrak yetishmovchiligidir. Kaliy o‘rni yetarlicha to‘ldirilganda gipokaliyemiya, nefropatiya, yurak aritmiyalari, paralitik ileus rivojlanadi. Suyuqlikning haddan tashqari ko‘p quyilishi o‘pka shishuviga olib kelishi mumkin. Davolash paytida koma, tomir tortishishi, uzoq muddatli tormozlangan holat, ifodalangan-gipoglikemiya rivojlanishi ehtimol.
Tashxisi. Vabo tashxisini degidratatsiyasi ifodalangan diareyada tasdiqlash mumkin. Epidemiya avj olganda tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Bakteriologik usul tashxis qo‘yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Kasallikni aniqlash uchun axlat va kusuq massalari tekshiriladi. Bunda mikroskopik tekshiruv usulidan foydalaniladi. Diagnostikaning kuyidagi tezlashtirilgan usullari ishlab chiqilgan.
1. Vibrionlarni vaboga qarshi O-zardob bilan immobilizatsiya qilish va mikroagglutinatsiyadan foydalanish usuli (tashxisni bir necha daqiqadan keyin aniqlasa bo‘ladi).
2. Nativ materialni o‘ziga xos vaboga qarshi O-zardob bilan makroagglutinatsiya qilish usuli (taxminiy tashxis 3—4 soatdan keyin qo‘yiladi).
3. Flyuoressensiyalovchi zardoblar yordamida serologik usuldan (30 daqiqa —1 soatdan keyin javob olinadi) foydalaniladi. Vaboni ifodalagan diareya bilan degidratatsiya kuzatiladigan qator kacalliklar hisoblangan stafilokokklar, dizenteriya, salmonellyozlar, gastroenteritlar, virus etiologiyali diareyalardan differensial tashxis qilinadi.
Davolash. Yo‘qotilgan suv-tuz o‘rnini tezda to‘ldirish davoning eng asosiy vazifasidir. Davo chora-tadbirlari qatorida antibiotiklar ham xal qiluvchi rol o‘ynaydi. Suv va elektrolitlar o‘rni bola tanasi massasi va suvsizlanish darajasiga qarab to‘ldiriladi.
Bolalarning regidratatsion terapiyasi uchun quyidagi tarkibdagi eritmalar: 4,5 g natriy xlorid, 4 g natriy gidrokarbonat, 1,25 g kaliy xlorid, 50 g glukoza, 1 l apirogeshsh bidistillangan suvdan foydalaniladi. Giperkaliyemiya belgilari aniqlanganda tarkibida tutmaydigan eritmalar: 6 g natriy xlorid, 4 g natriy gidrokarbonat, 50 g glukoza, 1 l apirogenli bidistillangan suv ishlatiladi.
Yo‘qotilgan suv o‘rni to‘ldirilgandan keyin enteral yoki parenteral yo‘l (soatiga 10—15 mg/kg) orqali diareya tamom bo‘lgunga qadar quvvatlovchi gidratatsion davo qo‘llanadi. Ko‘krak yoshidagi bolalarni imkon boricha tez-tez emizib turish buyuriladi. Ovqat yeya boshlagan bolalarga esa to‘la sifatli taomlar tavsiya etiladi.
Antibiotiklar faqat regidratatsiya tamom bo‘lgandan keyingina tayinlanadi. 3 kun mobaynida har 6 soatda 50 mg/kg tetrasiklin beriladi, shuningdek 10 mg/kg furazolidon, 30 mg/kg eritromitsin ham samarali hisoblanadi.
Profilaktikasi. Zararlangan suv va ovqatni iste’mol qilmaslik asosiy profilaktika tadbirlaridandir. Vaboga qarshi vaksina bo‘lsa-da, u kam ta’sir qiladi, chunki u qisqa muddatli immunitet xosil qiladi.
Vaboda tetrasiklin qabul qilinadi: 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga —50 mg/kg, bundan kattalarga — 250 mg/kg yoki bir marta qabulga doksatsillin (bolalarga—6 mg/kg, kattalarga 200 mg/kg) beriladi. Bemorlarda vabo borligiga shubha qilinganda ularni darhol ajratish va kasalxonaga yotqizish lozim.
Aloqada bo‘lgan shaxslarning hammasi ajratib qo‘yiladi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling