Mitti kasallik (enterovirus isitmasn, 3 kunlik isitma) Kasallikning bu turi enterovirus kasalliklari orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Kasallik kuchsiz klinik simptom bilan kechadi. Barcha yoshdagi bolalar ayniqsa maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida ko‘proq uchrab turadi.
O‘tkir gemorragik konyunktivit. Kasallik harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, ko‘zda og‘riq turishi, ko‘z yoshi oqishi bilan boshlanadi. Sklera tomirlariga kuchli qon quyilishi, shish va giperemiya bilan ifodalanadi.
Tashxisi. Virusologik va serologik tekshiruvlarga asoslangan. Virusologik tekshirishlar uchun kasallikning birinchi kunlarida burun-yutqin shillig‘i, qon, likvor, axlat olinadi.
Serologik tashxis. Zardoblar ikki marta: birinchi marta bemor kasalxonaga yotqizilganda, ikkinchi marta esa 1—2 hafta o‘tgandan keyin tekshiriladi. Kasallik dinamikasida viruslarni bartaraf etuvchi va komplementni bog‘lovchi antitelolarning 4 va bundan ortiq ko‘payib borishi tashxisni tasdiqlaydi.
Differensial tashxis kasallikning klinik turiga qarab qo‘yiladi. Epidemik mialgiya tashxisida, ayniqsa ehtiyot bo‘lish zarur, u o‘tkir jarrohlik kasalliklari (o‘tkir appenditsit, ichaklarning tutilib qolishiga o‘xshab ketadi.
Davosi. Enterovirus kasalliklarining etiotrop davolash vositalari yo‘q. Butun davo patogenetik va simptomatik vositalarga asoslangan.
Bemorlarga o‘rinda yotish rejimi, to‘la safatli, vitaminlashtirilgan ovqatlanish tavsiya etiladi. Seroz meningitlarda degidratatsion terapiya o‘tkaziladi.
Profilaktikasi. Maxsus profilaktika choralari ishlab chiqilmagan.
INFEKSION ERITEMA (ERUTHEMA INFECTIOSUM)
Etiologiyasi aniqlanmagan o‘tkir infeksion kasalliklar guruhidir. Isitmalash, umumiy intoksikatsiya simptomlari va eritematoz maydonlarga qo‘shilib keladigan toshmalar toshishi bilan ta’riflanadi.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘aluvchisi ajratilmagan. Kasallikning ba’zi turlarida (Rozenberg, Chamerning infeksion eritmasi, tasodifiy ekzantema) u ehtimol viruslarga mansub bo‘lsa kerak. Tugunsimon eritema kator infeksion kasalliklarda, ayniqsa allergik qayta tuzilishi ifodalangan bot, sil, tulyaremiya, soxta silda paydo bo‘ladigan simptomdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |