Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet109/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Epidemiologiyasi. Kasallik sporadik holida uchrab turadi. Infeksiya manbai va rezervuari ma’lum emas. Bemorlar atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydi.
Infeksion eritemalar patogenezi o‘rganilmagan.
Simptomlari va kechishi. Eritemalarning asosiy klinik turlari quyidagilardan: 1) Rozenbergning infeksion eritemasi; 2) Chamerning infeksion eritemasi; 3) tugunsimon eritema; 4) ko‘p turli ekssudativ eritema; 5) tasodifiy eritema; 6) differensiyalangan eritemadan iborat.
Rozenbergning infeksion eritemasi. O‘tkir boshlanishi, umumiy intoksikatsiya simptomlari bilan ifodalangan isitma (kuchli bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, mialgiya, artralgiya) bilan ta’riflanadi. Kasallikning 4— 6-kunida oyoq-qo‘llarda dog‘simon yoki makropapulyoz toshmalar paydo bo‘ladi. Yuzga toshma toshmaydi. 5—6 kun o‘tgach, toshma yo‘qolib ketadi, undan yasmiqsimon yoki plastinkasimon qipiq qoladi. Isitma 8—12 kun davom etadi. Aksariyat, jigar va taloq kattalashgan bo‘ladi. Ayrim bemorlarda bo‘g‘imlar shishib chiqishi, shuningdek, meningeal hodisalar kuzatilishi ehtimol.
Chamerning infeksion eritemasida infeksion davr 9—14 kun davom etadi. Xastalik yengil o‘tib, ko‘proq bolalar kasallanadi. Tana harorati normal yoki subfebril bo‘ladi. Kasallikning 2-kunidan yuz terisida mayda dorlar ko‘rinishida o‘ziga xos toshmalar paydo bo‘ladi.
Toshmaning ayrim elementlari gavda va oyoq-qo‘llarga ham toshishi mumkin. Toshma elementlari markazdan boshlab oqaradi. Ekzantema ancha vaqt (2 haftagacha) saqlanb turadi.
Tugunsimon eritema (Erythema nodosum) qator infeksion xastaliklar (tulyaremiya, bot, silning ko‘rinishlaridan biri) dan hisoblanadi. Tana haroratining oshishi, oyoq-qo‘llar, ayniqsa yirik bo‘g‘imlarning zirqirab og‘rishi va o‘ziga xos ekzantema bilan ta’riflanadi. Toshma boldir va yelqaning simmetrik joylarida, kamroq son va oyoq panjalarida paydo bo‘ladi. Toshma elementlari tugunlardan iborat bo‘lib, paypaslab ko‘rilganda og‘riq beradi, teri sathidan ko‘tarilib turadi, teri ichkarisida infiltrat aniqlanadi. Tugunlar ustidagi teri rangi avval qizil, so‘ngra ko‘kimtir va infiltrat kamayib ketganda yashilsimon-sarg‘imtir bo‘lib qoladi. Tugunlar 3 haftagacha saqlanib turadi.
Ko‘p turli (polimorf) ekssudativ eritema isitma (39—40°S), umumiy intoksikatsiya simptomlari (bosh og‘rig‘i, quvvatsizlik, artralgiya) bilan ta’riflanadi. Kasallikning 4—6 kunida gavda va oyoq-qo‘llarga mo‘l polimorf toshmalar toshadi. Toshma elementlari dog‘, papulalardan iborat bo‘ladi. So‘ng tiniq suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar hosil bo‘ladi. Pufakchalar yorilib ketgandan keyin o‘rnida oldin qizid momataloq, keyin esa qizg‘ish po‘stloq hosil bo‘ladi. Bemorlar toshma toshgan yerdagi teri qichishishi va achishishidan shikoyat qiladilar. Eritemaning bir qator og‘ir turlarida (Stivenson — Jonson sindromida) teri zararlanishidan tashqari, og‘iz, burun-yutqin shilliq pardalari, jinsiy a’zolar, ko‘zda eroziv-yarali o‘zgarishlar yuzaga keladi. Kasallik odatda 1—3 hafta kechadi. Stivenson — Jonson sindromi esa 1,5 oy va bundan ko‘proq davom etadi. O‘lim hollari qayd etilgan.
Birdaniga ro‘y beradigan ekzantemada inkubatsion davr 3—6 kun davom etib, kasallik o‘tkir, tana haroratining 38—40° gacha ko‘tarilishi va nisbatan umumiy intoksikatsiyaning o‘rta miyona simptomlari bilan boshlanadi. Kasallikning 3—4 kunida harorat normaga tushadi va ayni vaqtda yuz, gavda va oyoq-qo‘llarga ekzantema (yoki 1—2 kun o‘tib) toshadi. Toshma elementlari mayda, oqish, och qizil dog‘lardan iborat (diametri 5 mm) bo‘lib, ular goho qo‘shilib ketadi va qizamiqda yoki qizilchada bo‘lgani kabi toshmani eslatadi. 2—3 kundan keyin toshma yo‘qoladi, undan Re­fine teri qipiqlanmaydi, pigment qolmaydi.
Qonda kasallikning dastlabki kunlarida neytrofil leykotsitoz, toshma toshganda—leykopeniya, neytropeniya, limfotsitoz qayd qilinadi.
Differensiyalashgan infeksion eritema kelib chiqishi ma’lum bo‘lmagan, isitma, o‘rtacha ifodalangan umumiy intoksikatsiya simptomlari bilan ta’riflanadigan infeksion kasalliklarning yig‘ma guruhidan iborat bo‘lib, u ma’lum bo‘lgan qandaydir biror infeksion turga xos emas.
Infeksion eritemalar tashxisi klinik ma’lumotlarga asoslangan. Goho laboratoriya usullari, asosan boshqa infeksion kasalliklarni bartaraf etish uchun qo‘llanadi. Maxsus diagnostikaning laboratoriya usullari yo‘q.
Davosi. Infeksion eritemalarning yengil turlarida simptomatik davo bilan chegaralanadi. Tugunsimon eritemada asosiy kasallikka davo qilinadi, qo‘shimcha ravishda antigistamin preparatlari (dimedrol, diprazin, suprastin) tayinlanadi. Rozenberg eritemasining og‘ir turida va polimorf xamda ekssudativ eritemada kortikosteroid preparatlaridan prednizolon buyuriladi, bunda yuqori miqdorlardan boshlab sekin-asta miqdor kamaytirib boriladi yoki boshqa gormonal preparatlarining ekvivalent mikdorlarini 7—15 kun mobaynida tayinlanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling