Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
Differensial tashxis. Tulyaremiya, kuydirgi, pnevmoniya, toshmali terlama bilan o‘tkaziladi.
Davosi. Davolashning asosiy qoidalari antibakterial, patogenetik va simptomatik davoni kompleks qo‘llashni ko‘zda tutadi. Antibiotiklar o‘latga davo qilish uchun keng ko‘lamda qo‘llanadi. Streptomitsin qatoridagi preparatlar klinik amaliyotda eng sinalgan preparatlar hisoblanadi. Bubon turida streptomitsinning bir sutkalik boshlang‘ich miqdori 1000000— 1500000 TB ni tashkil etib, uni keyinchalik 500000— 750000 TB dan har 6 soatdan keyin 7 kun ichida yuborib turiladi. Davo tamom bo‘lgach, 2—4—6 kundan so‘ng bubondan olingan punktatni albatta uch marta bakteriologik tekshirish zarur. O‘latning o‘pka va septik turlarida streptomitsinning sutkalik miqdori 4000000—45000000 TB gacha, bir martaligini 1000000 TB gacha oshiriladi. Preparat har 6 soatdan keyin 7— 10 kun mobaynida tayinlanadi. Davo tutaganidan keyin halqumdan balg‘am va shilliqni olib, bakteriologik tekshiriladi. Antibiotiklarni parenteral yuborish bilan bir qatorda ularni aerozol holida 250000—500000 TB dan kuniga 3—4 maxal qo‘llash ham tavsiya etiladi. O‘latga uchragan bemorlarga bir yo‘la ikkita antibiotikni yoki antibiotiklarni sulfanilamidlar bilan birga qo‘llab kompleks davolash buyuriladi. Sulfanilamid preparatlari 4 soat o‘tkazib 1 —1,5 g dan tayinlanadi. Vitamin berib davolash, dezintoksikatsion va umumquvatlovchi yurak vositalari, gemorragik hodisalarda esa vikasol berish ko‘rsatilgan. Yurak preparatlaridan efedrin, kordiamin, kamfora, kofein, adrenalin, strofantin tayinlanadi. Toksikozda dezintoksikatsion vositalar (gemodez, 5% glukoza, Ringer eritmasi, reopoliglyukin va boshqalar) ko‘llanadi. O‘latga qarshi maxsus gammaglobulin buyuriladi. Kasallikning bubon va teri turlarida mahalliy tarzda simobli oltingugurt yoki ixtiol surtma dorili kompresslardan foydalaniladi. Zarur bo‘lganda jarrohlik davosi ko‘rsatilgan. O‘lat bilan og‘rigan bemorlar yaxshilab parvarishga va to‘yimli ovqatga muhtoj bo‘lishadi. O‘latning bubonli turini boshdan kechirganlar kasallikning barcha simptomlari yo‘qolib ketganidan keyin 10—12 kun o‘tgach, shifoxonadan chiqarib yuboriladi. Rekovalessentlar faqat ko‘p martalik manfiy bakteriologik tekshiruvlardan keyingina o‘sha muddatlarda chiqariladi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling