Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet93/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Profilaktikasi. Spidda epidemiyaga qarshi kurash virusli gepatit V da bo‘lgani kabi. Sog‘lom hayot tarzi uchun har tomonlama kurashish, shuningdek, fohishalik, giyohvandlik, jinsiy buzilishlarga qarshi kurash asosiy profilaktik chora-tadbirlardan hisoblanadi. Qon donorlari ustidan klinik va serologik nazorat o‘rnatish bir marta ishlatiladigan shpritslarni qo‘llash, gemodializ sistemalari xavfsizligini nazorat qilish va boshqalar kasallikka qarshi kurashishda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.
SPIDga shubha qilingan bemorlar alohida palatalarga yoki bokslarga yotqiziladi. Qon va boshqa biologik materiallarni faqat qo‘lqoplar yordamida olinadi. Bemorlarning o‘rin-ko‘rpasi, tish cho‘tkalari, o‘yinchoqlari, so‘rg‘ichlar 20—25 daqiqa mobaynida qaynatib dezinfeksiya qilinadi. Bo‘limlarda bemorlardav olingan materiallar maxsus yopiq konteynerlarda saqlanadi va olib chiqiladi. Bog‘lov materialari tashlab yuborilishidan avval dezinfeksiyalovchi eritmalarda yoki 20—25 daqiqa davomida qaynatib zararsizlantiriladi.
Bemorlar bilan aloqa qiluvchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, bemorlar materialini tekshirib boruvchi laboratoriya xodimlari yiliga 1 marta SPID viruslarida antitelolar bor-yo‘qligiga tekshirilishi lozim.
Faol profilaktika ishlab chiqish arafasida.


STAFILOKOKK INFEKSIYASI
Patogen stafilokokklar keltirib chiqaradigan turli-tumai patologik jarayonlarda etiotrop terapiyaning epidemiologiyasi, profilaktikasi va usullarida muayyan umumiylik bor.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchi — patogen stafilokokkdir plazmokoagulyatsiya testi uning patogenligining asosiy mezonlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Antibiotikorezistentlik, ko‘pincha — polirezistentlikni tezda kasb etish stafilokokk uchun xosdir.
Epidemiologiyasi. Stafilokokk infeksiyalarning turli formalariga uchragan bemorlar va patogen stafilokokk tashuvchilari — infeksiya manbaidir. «Ashaddiy» tashuvchilar muhim rol o‘ynaydi, bular bir tipdagi patogen stafilokokkni noma’lum uzoq vaqt mobaynida ajratib yuradi. Bemorlar bilan bir qatorda tibbiy xodimlar orasidagi bunday tashuvchilar kasalxona ichidagi zararlanish manbalari hisoblanadi. Kasalxona ichida epidemiya o‘choqlari (jarrohlik, yuqumli kasalliklar bo‘limlarida, tug‘ruqxonalarda va boshq.) paydo bo‘lishi ehtimol.
Sun’iy va erta maxsus boquvda bo‘lgan, hayotining birinchi yilini yashayotgan zaif bolalar stafilokokk infeksiyasiga ayniqsa beriluvchan bo‘ladi.
Bir qadar katta yoshdagi bolalarda stafilokokk keltirib chiqaradigan o‘tkir ichak kasalligi ovqat toksikoinfeksiyasi singari rivojlanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling