Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


PARAKO‘KYO‘TAL (PARA PERTUSSIS)


Download 426.91 Kb.
bet47/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

PARAKO‘KYO‘TAL (PARA PERTUSSIS)


Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi o‘z xususiyatiga ko‘ra, ko‘kyo‘tal tayoqchasiga o‘xshash bo‘lib, u ko‘kyo‘taldan faqat serologik yo‘l bilan ajralib turadi. Epidemiologiyasi xuddi ko‘kyo‘talniki kabidir. Infeksiya , havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Xuddi sporadik kasallikdagi xususiyatlari kuzatiladi. Ko‘kyo‘tal bilan og‘riganlar parako‘kyo‘tal bilan kam hollarda kasallanadilar, chunki ba’zi immunitet ikkala kasallik uchun ham birdek ta’sir etishi mumkin.
Klinikasi. Qasallikning inkubatsion davri 7 kundan 15 kungacha (o‘rtacha 18—11 kun) davom etadi. Xastalik ko‘pgina hollarda yengil o‘tadi va ba’zan ko‘kyo‘talning yengil turlarini eslatadi. Isitma odatda normal yoki subfebril, yo‘tal esa xuddi ko‘kyo‘taldagidek bo‘ladi, ba’zi hollarda traxeal xususiyat kasb etadi. Kasallik turlicha davom etib, 2—3 kundan 3 haftagacha va undan ko‘proqqa cho‘ziladi. Qonda ba’zan leykotsitoz va limfotsitoz aniqlanadi. Kamdan-kam hollarda asorat beradi. Ko‘kyo‘taldan bakteriologik va serologik tekshirish orqali differensiallanadi.
Davosi. Simptomatik. Profilaktikasi xuddi ko‘kyo‘talniki kabi.


QIZILCHA (RUBEOLA)

O‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, yengil intoksikatsiya belgilari, dog‘li papulyoz toshmalar, orqa bo‘yin, jag‘ oldi limfa tugunlari kattalashishi bilan xarakterlanadi.


Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi juda kam yuqumli, tashqi muhitga chidamsizligi bilan ajralib turadigan virus. Yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatlari kirish darvozasi bo‘lib xizmat qiladi.
Epidemiologiyasi. O‘ziga infeksiya yuqtirgan bemor bolalar birinchi kundanoq kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi. Kasallik avjiga chiqqan davridan boshlab, toshmalar yo‘qolguncha xavfli bo‘ladi. Havo-tomchi yo‘li orqali tarqaladi. Bolalarda qizilchaga moyillik ancha yuqori bo‘ladi. Ko‘krak yoshidagi bolalar kamroq kasallanadilar. Kasal bo‘lib o‘tgan odamda turg‘un immunitet paydo bo‘ladi. Qizilcha epidemiyasi ko‘pincha bahor oylarida kuzatiladi.
Klinikasi. Inkubatsion davri 11 kundan 22 kungacha, o‘rtacha 15—20 kun davom etadi. Kasallikning prodromal davri bir oz isitma ko‘tarilishi bilan ba’zan bilinmay o‘tib ketadi. Kasallik ensa va orqa bo‘yin limfa tugunlarining kattalashishi bilan boshlanadi. Kasallik boshlangandan 1—3 kun o‘tgach, yuzda, bo‘yinda tez orada (ba’zan bir kecha soatda) butun tanaga tarkaladigan qizil toshmalar paydo bo‘ladi. Toshmalar dog‘li papulyoz ko‘rinishida bo‘lib, xuddi qizamiq toshmalariga o‘xshaydi. Ba’zi toshmalarning kattaligi to‘g‘nog‘ichdek bo‘lsa, ba’zilari esa yasmik donidek keladi. Ular asosan qo‘l-oyoqlarda, orqa va dumbada paydo bo‘ladi. Isitma normal yoki ko‘tarilgan (38° dan oshmaydi) bo‘liish mumkin. Og‘iz shilliq qavatida enantema (toshma) kuzatiladi. Periferik qonda plazmatik hujayralar miqdorining oshganligi qayd ztiladi. Asoratlari kamdan-kan bo‘ladi, asosan sinovit, ba’zan ensefalit ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Tashxisi. Klinik ko‘rsatmalarga asoslangan bo‘ladi. Qizamiq, skarlatina, zardob kasalliklari, turli dorilar va allergiyadan bo‘ladigan toshmalardan differensiallanadi. Ko‘pincha qizilcha qizamiq bilan adashtirib yuboriladi. Bu kasallik qizamiqdan prodromal davri, Belskiy — Filatov — Koplik simptomining bo‘lmasligi, toshmalarning bosqichma-bosqich toshishi va ularniig joylashishi, limfatik tugunlarning mavjudligi va qondagi o‘zgarishlar bilan farq qilinadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling