Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemiologiyasi
KO‘KYO‘TAL (PERTUSSIS)
Etiologiyasi. Nafas yo‘llari, markaziy nerv sistemasi zararlanishi va spazmatik yo‘tal bilan kechadigan kasallikdir. Ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘talning klinik ko‘rinishlari o‘xshashdir. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi xarakatsiz, grammanfiy tayoqcha bo‘lib, glitserin kartoshka-qonli agarda yaxshi o‘sadi. Qo‘zg‘atuvchi o‘sish jarayoni va hayoti davomida o‘zidan toksinli moddalar ajratib chiqaradi. Epidemiologiyasi. Kasallik manbai eng birinchi kunlardan to kasallikning spazmatik davrigacha, ya’ni 3—4 haftagacha infeksiya tarqatib yuradigan bemor odamlar. Kasallik yashirin va simptomsiz kechganda katta epidemiologik axamiyatga ega bo‘lishi mumkin. U havo-tomchi yo‘l bilan, asosan bemorlar bilan bevosita aloqada bo‘lganda yuqadi. Xastalikka moyillik chaqaloklardan tortib katta yoshli odamlarda ham kuzatiladi. Kasallanish 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ko‘proq qayd etiladi. Ko‘kyo‘tal bilan og‘rigan bemor tuzalib ketgandan so‘ng, unda turg‘un immunitet paydo bo‘lsada, ba’zan ikkinchi marotaba kasallanish hollari xam kuzatiladi. Patogenezi. Yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati infeksiyaning kirish darvozasi bo‘lib xizmat qiladi. Kasallik patogenyozida o‘z hayoti davomida toksin ajratib chiqaradigan ko‘kyo‘tal mikrobining ahamiyati katta. Nafas yo‘llaridagi nerv retseptorlarining uzoqk vaqt mudom ta’sirlanib turishi natijasida nafas markazida asta-sekin domiy qo‘zg‘alish o‘chog‘i shakllana boshlaydi. Shunday qilib, yo‘tal talvasa tusini oladi va ko‘kyo‘tal uchun xarakterli bo‘lgan qator sindromlar (arterial bosimning oshishi, qayt qilish, titrab-qaqshash) paydo bo‘ladi. Kasallik jarayonida asta-sekin gipoksemiya xodisasi rivojlanib boradi, o‘z navbatida nafas olish va qon aylanishi buzilishi kuchayib boradi, Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 3 kundan 15 kungacha, o‘rtacha 5—8 kun davom etadi. Kasallik kechishi uch davrga bo‘linadi: kataral, spazmatik va tuzalish davri. Kataral davr quruq yo‘tal paydo bo‘lishi, boshida tipik bo‘lmagan, ba’zan isitmaning ozgina oshishi, ozgina bilinadigan kataral hodisalar bilan xarakterlanadi. Keyingi kunlarda yo‘tal bo‘g‘iq tus oladi, keyin esa xurujsimon tus olib, 10—12 kundan keyin spazmatik yo‘talga aylanadi, bunda tez-tez yo‘tal silkinishlariga xos bo‘lgan qisqa-qisqa konvulsiv yo‘tal tutib, u qafas ichiga ketib qoladigandek (repriz) chiyillash bilan kechadi, uning ketidan yana yo‘tal silkinishlari va yana repriz bo‘lib davom etaveradi. Yo‘tal xurujlari yopishqoq balg‘am ajralishi va ko‘pincha qayt qilish bilan davom etadi. Bemorlarning yuzi shishinqirab qoladi, terida va skleralarda qon quyilib qolishi kuzatiladi. Til yuganchasida oq karash qoplangan yaracha (tishi chiqqan bolalarda) aniqlanadi. Qonda ECHT (eritrotsitlar cho‘kish tezligi), normal yoki sekinlashgan leykotsitoz qayd etiladi. Spazmatik davr 2 haftadan 8 haftagacha va undan ko‘proq davom etishi mumkin. Xurujlar orasidagi davrda bolalar o‘zlarini yaxshi his etadilar. Keyin kasallikning tuzalish davri boshlanadi, yo‘tal kamaya boshlaydi. Kasallik klinik jihatdan yengil kechadigan, o‘rtacha og‘ir va og‘ir kechadigan turlarga bo‘linadi. Yashirin va abortiv kechadigan, yo‘tal bo‘lmagan yoki kuchsiz bo‘lgan hollarda kasallik spazmatik bosqichiga yetmasdan o‘tib ketishi mumkin. Kasallik asoratlari, ko‘pincha yosh bolalarda pnevmoniya yoki nerv sistemasi zararlanishi holida namoyon bo‘ladi. Mayda o‘choqli pnevmoniya cho‘zilib ketishi bilan ajralib turadi, u surunkali bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘pincha xastalik ko‘kyo‘tal jarayonida o‘pkaning ma’lum bir qismida hosil bo‘lgan atelektazlar fonida kelib chiqadi. Eyatsefalopatiya to‘satdan tutqanok talvasalari tutishi, hushdan ketish, ba’zan nafasning to‘xtab qolishi bilan namoyon bo‘ladi. Bosh miya nervlari parezi, eshitish, so‘zlash, ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi kabilar ko‘kyo‘talda nerv sistemasi tomonidan bo‘ladigan asoratlar jumlasiga kiradi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling