Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
Tashxisi. Qasallikning kataral bosqichida va yashirin davrida tashxis qo‘nish ancha qiyin bo‘ladi. Bemorlarni diqqat qilib kuzatish bilan birga epidemiologik anamnezni xisobga olgan holda yo‘talning kuchayib borishini (bemor yoki uzoq vaktdan beri yo‘talib yurgan bemor bilan aloqada bo‘lish) nazarda tutish, qon tekshirilgandagi ko‘rsatkichlarni, yo‘tal plastinkasini bakteriologik jihatdan tekshirishning xam ahamiyati katta. Tezda tashxis qo‘yish uchun burun-xalqum yo‘lidan olingan material flyuoressirlangan antitelolar usuli bilan tekshiriladi. Tashxis qo‘yish maqsadida boshqa ko‘rsatkichlar bilan birga ko‘krak qafasini rentgenoskoyaiya qilish xam lozim. O‘pka to‘qimasida infiltrat, atelektazlar va emfizema, shuningdek, limfa va limfa tugunlarining kattalashganligi ham aniqlanadi. Kasallikning keyingi bosqichalarida serologik tekshirish usullari (komplementli bog‘lash reaksiyasidan, agllyutinatsiya reaksiyasidan va PGAR) dan foydalanish mumkin. Ko‘kyo‘talni gripp va boshqa shamollash kasalliklari bilan birga, bronxoadenit sili, chin va soxta krup, shuningdek, nafas yo‘liga yot jismning kirib qolishi va parako‘kyo‘tal bilan differensial tashxis qilinadi. Bola qanchalik yosh bo‘lsa, kasallik shunchalik og‘ir kechadi.
Prognozi. Profilaktika maqsadida emlash ishlariniyag keng miqyosda o‘tkazilishi natijasida ko‘kyo‘tal yengil, kam asoratlar bilan kechadi. Oqibati og‘ir bo‘lgan xollar kam kuzatiladi. O‘limniig asosiy sabablari — o‘pka va nerv asoratlaridir. Davosi. Toza havoda ko‘proq bo‘lish, kun tartibi va ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish kasallikni davolashda muhim axamiyat kasb etadi. Antibiotiklardan levomitsetin, zmpitsillin, eritromitsinlar odatdagi mikdorda iloji boricha ertaroq tayinlanishi zarur. Davolash kursi 8—15 kun davom etadi. Ko‘kyo‘talga qarshi maxsus immunoglobulindan 1—2 kun oralatib 3 ml va undan ortiq mikdorda berilishi ham yaxshi natija beradi. Kasallikning keyingi bosqichlarida, ya’ni yo‘tal, qayt qilish, besaranjomlik, uyquning buzilishi hollarida neyroplegik ta’sir etadigan dorilardan (sutkasiga 1 kg tana og‘irligiga 2—3 va 3—4 ml dan aminazin yoki propazin) 10—15 kun davomida berib boriladi. Kasallik asoratlarini davolash umumiy ko‘rsatmalar, ya’ni kislorod uskunalari yordamida o‘tkaziladigan oksigenoterapiyadan keng foydalanish asosida olib boriladi. Kasallik so‘rilib ketganda stimullovchi terapiyaning turli ko‘rinishlari tavsiya etiladi. Profilaktikasi. Yo‘tali arimagan bemorlarni iloji boricha alohida yotqazish va 14 kun muddat bilan karamtin belgilash lozim. Bolalar muassasalarida go‘daklar uchun karantin guruxlarini tuzish, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga gammaglobulin yuborish, bemorlar bilan mulokatda extiyot choralarini ko‘rish, ko‘kyo‘tal-difteriya qoqshol vaksinasi yordamida faol immunizatsiya ishlarini o‘tkazish ham kasallik profilaktikasida muhim ahamiyatga ega. Ko‘kyo‘tal vaksinasi difteriya, koqshol anatoksini (AKDS vaksinasi) bilan birga yuboriladi. AKDS vaksinasi birinchi marotaba chaqaloq 3 oylik bo‘lgandan boshlab 0,5 ml va 45 kun oralatib uch marotaba yuboriladi. Revaksinatsiya esa bola 1—2 yoshdaligida amalga oshiriladi. Ko‘kyo‘talga qarshi vaksinatsiya 70—90 foiz xollarda yaxshi natija beradi. Kasallik boshlanishidan 30 kun muddatga bemor aloxida yotqizilishi lozim. O‘choqda dezinfeksiya o‘tkazish shart emas, lekin xonalarni albatta shamollatish va xo‘l latta bilan artib turish kerak. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling