Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet51/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Asoratlari. Miokardit, zotiljam, otit, iridotsiklitlar. Sariqliksiz kechadigan leptospirozni leptospiralarning turli serotiplari keltirib chiqaradi, ularning xar biri o‘zining biologik xo‘jayini (yovvoyi va uy xayvonlari)ga ega bo‘ladi. Mamlakatda lsptospirozli suv istimasi keng tarqalgan. Kasallikniig boshlanishi sariq leptospirozga o‘xshash bo‘ladi. Sariqlik butunlay bo‘lmaydi yoki kasallik bir oz sariqlik bilan kechadi.
Siydikda sust ifodalangan patologik o‘zgarishlar qayd etiladi. Kasallik oqibati yomon emas.
Tashxisi. Kasallikka differensial tashxis qo‘yilganda, uni virusli gepatitdan, bezgak, tulyaremiya, gripp va pappatachi isitmasidan farq qilish kerak. Qo‘zg‘atuvchini aniqlash uchun mikroskopik tekshiruv usulidan yoki yaxshisi qonni ekish usulidan foydalaniladi. Lizis-agglutinatsiya reaksiyasi va komplement bog‘lash reaksiyasi qo‘llanadi.
Davosi. 7—10 kun davomida katta mikdorda penitsillin tavsiya etiladi. Tetrasiklin ishlatilganda yaxshi natijalarga erishilgan. Maxsus immunoglobulindan foydalaniladi. Jigar va buyrak zararlanganda virusli gepatit va nefritni davolashdagi kabi.
Profilaktikasi. Kalamushlarni qirish, qoramol ustidan veterinariya nazoratini o‘rnatish, ovqat mahsulotlarini kalamushlardan saqlash, cho‘milish havzalarini qo‘riqlash, shaxsiy profilaktika. Epidemik ko‘rsatmalar bo‘lganda leptospirozli inaktivatsiyalangan vaksina bilan bolalar 7 yoshdan boshlab 7—10 kun tanaffus bilan ikki marta (2,0 va 2,5 ml vaksina) emlanadilar.


LISTERIOZ (LISTEREOSIS)

Zoonozlar guruhiga mansub yuqumli kasallikdir. Odamlarda bu kasallik o‘tkir sepsis (markaziy nerv sistemasi, bodomcha bezlarining limfa tugunlari, jigar, taloqning zararlanishi bilan kechadigan) yoki surunkali (yashirin) ko‘rinishda uchraydi.


Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — listeriyaning kalta (0,5—0,6 mkm) tayoqchalari yoki kokkbakteriyalari bo‘lib, ular gemoliz sabab bo‘la oladigan grammusbat aeroblardir. Listeriyalar penitsillin, tetrasiklin qkatoriga kiruvchi antibiotiklarga, eritromitsin va levomitsetinga nisbatan sezuvchandir.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling