Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet39/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Tashxisi. Difteriyaning tashxisi klinik ko‘rsatmalariga asoslanib aniqlanadi. Difteriyaga shubxa qilingan har qanday bemorni aniq tashxis qo‘yish uchun kasalxonaning diagnostika bo‘limiga yotqizish zarur. Diagnostikada bakteriologik usul muxim yordamchi usul bo‘lib hisoblanadi. Bunda kasallikning mahalliy o‘chog‘ida (ko‘pincha og‘iz shilliq qavatidan) olingan ekmani Leffler muhitiga, shuningdek, qon qo‘shilgan telluritli agarga ekib tekshiriladi. Bu usulda uzul-kesil javob 24—28 soat, ba’zan bundan ko‘proq muddatda olingani uchun tashxis qo‘yish cho‘zilib ketadi.
Manfiy natija difteriya yo‘q ekanligiga dalolat bo‘lavermaydi. Retrospektiv tashxis qo‘yish uchun agglutinatsiya reaksiyasidan foydalaniladi (yangi zardobda-antitelo titrining oshib borishi). Difteriyaning, differensial tashxis qilishda skarlatina, turdi etiologiyali angina va eng avval Simanovskiy-Vinsent anginasi, infeksion mononukleoz, epidemik parotit, soxta krup, turli etiologiyali laringitlar (ko‘pincha virusli), yutqin abssessi, turli etiologiyali pardali: konyunktivalar (ko‘pincha adenovirusli)ni nazarda tutish lozim.
Prognozi. Emlash ishlarini keng miqyosda olib borish kasallikning ancha kamayishiga olib keladi. Halqum difteriyasi ko‘pincha kataral yoki lakunar angina ko‘rinishida kechadi, asoratlari yengil o‘tadi, kamdan-kam hollarda o‘lim bilan tugaydi.
Davosi. Difteriya, ayniqsa uning toksik turi bilan og‘rigan bemorlar o‘rin-ko‘rpa qilib yotishlari lozim. Bu kasallikning qancha davom etishiga, uning og‘ir-yengilligiga, asoratlari bor-yo‘qligiga qarab belgilanadi. Difteriyani davolashda bemorga iloji boricha ertaroq antitoksik zardob yuborishning ahamiyati katta. Zardob Bezredko usulida yuboriladi. Zardobning bir martalik yuboriladigan miqdori kasallikiing og‘ir-yengilligiga, joylashuviga, kasallangan muddatiga qarab 5000 dan 50000 XB gacha bo‘ladi. Hadqum difteriyasining lokalizatsiyalangan turida 10000 dan 20000 XB gacha, tarqoq turida 20000—30000 XB gacha, II darajali toksik turida 60000 dan 80000 XB gacha, III darajali va gemorragik difteriyada 100000 dan 120000 gacha, I darajali toksik turida 20000 dan 50000 XB gacha, krupda 40000 dan 50000 XB gacha yuboriladi. Kasallikning klinik kechishiga qarab, -zardob kasallikning keyingi kunlari qayta yuborilishi mumkin. Toksik difteriyada dezintoksikatsiya maqsadida ilazmaning 10—20% li eritmasini 30 ml dan 100 ml gacha, glukoza esa 15—30 ml dan yuboriladi. Shuningdek, bir guruhli qonning (40—50 ml) gemotransfuziyasini xam ishlatish mumkin. Katta miqdordagi quyidagi vitaminlar yuboriladi: askorbin kislotasi kuniga 300 dan 600 mg gacha (nikotin kislotasi kuniga 2—3 marotaba 15—30 mg dan va bundan ko‘proq).
Ikkilamchi streptokokk infeksiyalari bo‘lgan hollarda odatdagi miqdorda antibiotiklar (pennqillin, tetrasiklin va boshq) tayinlanadi. Toksik difteriyada 4—6 hafta mobaynida odatdagi miqdorda venaga yoki teri ostiga strixnin yuboriladi. Og‘ir intoksikatsiya xollarida esa antibiotiklar bilan birga steroid garmonlar (kortizon, prednizolon, prednizon) tayinlanadi. Yurak dorilari ko‘rsatmaga qarab beriladi. Krupni davolashda nafas yo‘li stenoziga qarshi kurashish asosiy o‘rinni egallaydi, bunda bemorga tinch sharoit yaratiladi. Issiq muolajalar, (issiq vanna, bug‘li ingalatsiya), toza salqin havo, kislorod terapiyasi qo‘llanadi. Terining oqarib borishi, sianoz, besaranjomlik yoki sustlik- ko‘p terlash, nafas olinganda pulsning pasayishi intubatsiya yoki: traxeotomiya uchun ko‘rsatma bo‘la oladn. Intubatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bemor kasalxonadan tuzalishiga qarab, ikki marotaba manfiy natijali bakteriologik tekshirishdan so‘ng chiqarib yuboriladi va poliklinika kuzatuvi ostida turadi. Bakteriya tashuvchanlik bilan jadal kurash ortanizm umumiy rezistentligini oshirish va og‘iz bo‘shlig‘ini tetrasiklin guruhiga oid antibiotiklar yordamida sanatsiya qilish orqali olib boriladi. Surunkali tonzillit va adenoid bilan og‘rigan bolalar ko‘plab bakteriya tashuvchilikka sabab bo‘lishlari mumkin. Bunday bolalarni jarrohlik yo‘li bilan davolash (tonzilloektomiya va adenotomiya) samarali bo‘lmoqda. Emlash ishlarini keng miqyosda va sifatli olib borish ham bakteriya tashuvchilikning epidemirlogik xavfini birmuncha kamaytiradi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling