Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet31/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Profilaktikasi. Gripp yoki boshqa shamollash kasalliklari kabi.


ADENOVIRUS KASALLIKLARI

Adenovirus kasalliklari isitma, yuqori nafas yullari, konyunktivit, regionar limfa bezlari zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasalliklar qatoriga kiradi. Adenoviruslar shamollagan bolalarning 5—10 foizida kuzatiladi. U DNK saqlaydigan viruslar turkumiga kirib, umumiy maxsus antigenlar guruhiga ega. Adenoviruslarning ko‘p qismi kalamush va rezus maymunlarning eritrotsitlarini agglutinatsiya qiladi. Bolalar ko‘pincha 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 14, 21 turdagi adenoviruslarga chalinadilar. Adenovirus infeksiyasi davomida rivojlanadigan immunitet o‘ziga xos bo‘lib, organizmda uzoq saqlanmaydi.


Epidemiologiyasi. Kasal odam infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik asosan havo-tomchi yo‘li bilan, ba’zan hazm organlari orqali xam yuqishi: mumkin. Bolalar muassasalarida ba’zan kasallikning avj olish hollari kuzatiladi.
Bolalarning bu kasallikka moyilligi xamma yoshda, ayniqsa 6 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda kuzatiladi. Klinikasi xilma-xildir, kasallik nafas yo‘llarining turli qismlarini, shuningdek, ko‘z konyunktivasini ham qamrab oladi. Xastalik asosan nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishi, faringit, pardali konyunktivit, faringokonyunktivitli isitma, atilik pnevmoniya hollarida namoyon bo‘ladi.
Kasallik isitmaning yuqori bo‘lishi, goho ikki to‘lqinli o‘tishi, ba’zan esa intoksikatsiya, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, ichning suyuq kelishi, ko‘pincha ko‘z konyunktivasi (bir yoki ikki tomoni) ning zararlanishi bilan kechadi. Ko‘pincha dard cho‘zilib ketishi mumkin. Go‘dak bolalarda bu kasallik o‘pka xirillashi bilan kechadigan pnevmoniya bilan og‘ir atipik o‘tishi mumkin.
Adenovirus kasalliklariga erta tashxis qo‘yish usullaridan biri immunoflyuoressensiyadir. Shuningdek, viruslarni neytrallaydigan va komplement bog‘lovchi antitelolar titrini aniqlashdan foydalaniladi, bunda antitelolarning 4 marta va bundan ko‘proq oshishi tashxis titri hisoblanadi.
Kasallik asoratlari rivojlangan taqdirda yoshga muvofiq miqdorda antibiotiklar tayinlanadi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling