Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti 204-guruh talabasi O`rozboyeva Kamolaning


Download 1.17 Mb.
bet1/2
Sana08.01.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1084111
  1   2
Bog'liq
fitopatogen

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON

MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI

204-guruh talabasi O`rozboyeva Kamolaning

“Mikrobiologiya va Virusologiya” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Mavzu: Fitopatogen viruslar va ularning xalq xo`jaligidagi ahamiyati

Reja:


1.Fitopatogen viruslar haqida umumiy ma`lumot
2. Fitopatogen viruslar keltirib chiqaradigan kasalliklar
3.O`simlik viruslaridagi oqsil sintez jarayoni
Fitopatogen viruslar. O’simliklarni kasallantiradigan viruslar fitopatogen viruslar deb ataladi va tarkibiga RNK kirishi bilan harakterlanadi; shu bilan birga hayvonlar bilan odamni kasallantiradigan viruslarga tarkibida DNK to’tuvchi viruslar kiradi. Fitopatogen viruslarning yana bir xususiyati viruslarning o’simliklarga faqat shikastlangan joydan kirishidir. Viruslar o’simliklar hujayrasiga kirib, u yerda ko’payadi va moddalar almashinuvini bouzib, o’simliklarni kasallantiradi.
Virusli kasalliklarning belgilari juda o’ziga hos bo’lib, ko’p hollarda ularni zamburug’ va bakteriyali kasallik belgilaridan farq qilish mumkin. O’simliklarning virusli kasalliklarini tashqi belgilariga qarab ikki katta gruppaga – mozayka va sariqkasalligiga bo’lish mumkin. Mozayka kasalligida barglar (kamdan-kam boshqa organlar) mozaykasi ko’zatiladi; bunda barg plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo’lib ko’rinadi. Bundan tashqari, virusli kasalliklarda barglarda halqali dog’lar, barg (poya, meva) ayrim qismlarining nobud bo’lishi (nekroz) ko’zatiladi. Barg tomirlari buylab joylashgan va bargning orqa tomonndan, ayniqsa, yaxshi ko’rinadigan nekroz dog’lari, shtrihlar ham virusli kasalliklarga hos xususiyatdir. Viruslar o’simliklarda yana ham kuchli o’zgarishlar hosil qilishi mumkin, masalan, past bo’ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va shaklining o’zgarishi, qing’ir-qiyshiqligi, gullarning ko’karishi va hokazo.
Barg plastinkasining butunlay sarg’ayib ketishi bilan sariq kasalligi mozaikadan farq qiladi: mozaika rangi bo’lmaydi, bunda o’simliklarning shakli juda o’zgarib, past bo’yli, nihoyatda serqancha, gullari qing’ir-qiyshiq bo’lib qoladi, gulning bir qismi butunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal rivojlanadi, tojbarglari ko’pincha ko’karib ketadi, ba’zan gul o’rnida novda yoki reduktsiyalangan barglar yoki yashil gul markazida haqiqiy barg halqasi hosil bo’ladi. Sariqtipdagi kasalliklarda o’simliklarning anatomik tuzilishi va funktsional faoliyati qattiq bo’zilishi kuzatiladi.
O’simliklar kasallanganda virus zarrachalari uning hujayralari ichida bo’ladi. O’simlik viruslari o’simliklar shikastlanmasdan turib hujayra ichiga kira olmaganligi uchun virusli kasalliklarning ko’pi tabiatda og’iz apparati sanchib-suruvchi tipda tuzilgan hasharotlar: shira, chirildoq, qurt, trips, kalqondorlar vositasida tarqaladi. Viruslar kanalar vositasida ham tarqalishi aniqlangan (masalan, bugdoyning yo’l-yo’l mozaykasi). Hasharotlarsiz yuqadigan viruslar ham bor. Bu yo’qishning qontakt usuli hisoblanadi. Tashuvchi hasharotlari noma’lum bo’lgan viruslar ham uchraydi. Masalan, tamaki mozaykasi virusi va kartoshkaning X- virusi shira va boshqa hasharotlar bilan tarqalmaydi, lekin mexaniqaviy yo’l bilan oson yuqadi. Kartoshkaning X-virusi kasallangan barglar sog’lomlarga yaqinlashganda o’tadi. Shamol vaqtida barglar bir-biriga tegib, asosan mikroskopik mayda tukchalar sinishi hisobiga ko’tikula bir oz shikastlanishi tufayli viruslar yuqadi. Ana shu shikastlangan joylardan virus zarrachalari sog’lom o’simliklarga o’tadi. Keyingi vaqtlarda X-virus Synchytrium cndobioticum zamburug’i (fikomitsetlar) orqali ham sog’lom o’simliklarga o’tishi to’g’risida ma’lumotlar paydo bo`ldi.
O’simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishi ko’p jihatdan tashqi sharoitga bog’liq. Ko’pincha biror temperatura virusli kasalliklarning mavsumiy va geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infektsiya tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon bo’lishi harakteri­ga ta’sir ko’rsatadi. Temperatura sharoiti virus tashuvchilar soniga ta’sir etishi mumkin, bu esa o’z navbatida, o’simliklarning zararlanishida o’z ifodasini topadi, kasallik belgilari harakteriga va o’simliklarning zararlanishi darajasiga ta’­sir etadi.
Tamaki temperatura mo’tadil (10° dan yukori) bo’lganda mozayka virusi bilan eng ko’p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish darajasi pasayadi, 35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari) yashirin holatda bo’ladi. Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o’zgarishi mumkin.
Yorug’lik ta’siri ham simptomlar namoyon bo’lishida o’z ifodasini topishi mumkin. Odatda, sust yorug’lik tamaki nekrozi virusiga ta’sir etib, nekroz avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Natijada tamaki barglari ko’rib qoladi. Ba’zi virusli kasalliklarda ko’zatiladigan mavsumiy rivojlanish ko’pincha yorug’lik kuchining har xilligiga bog’liq. Yorug’lik zararlanish intensivligiga, uning rivojlanishiga, uning ta`siri sifatida viruslar o’simliklarga keltiradigan zararning kam-ko’pligiga bog`liq.
O'simlik viruslarining 75 foizida bitta zanjirli RNK (ssRNA) dan iborat genomlar mavjud. O'simlik viruslarining 65 foizida + ssRNK mavjud, ya'ni ular xuddi shu ma'noda yo'naltirilgan xabarchi RNK ammo 10% -ssRNA ga ega, ya'ni ularni sintez qilishdan oldin + ssRNA ga aylantirish kerak. 5% ikki zanjirli RNK bo'lib, ularni darhol + ssRNA viruslari deb sintez qilish mumkin. 3% talab qiladi teskari transkriptaza RNK va DNK o'rtasida konversiyalash uchun ferment. 17% o'simlik viruslari ssDNA va juda oz qismi dsDNA, aksincha hayvon viruslarining to'rtdan biri dsDNA va to'rtdan uch qismi bakteriyofag ular dsDNA. Viruslar o'simlikdan foydalanadi ribosomalar ularning genomi tomonidan kodlangan 4-10 oqsillarni ishlab chiqarish uchun. Biroq, ko'plab oqsillar bitta ipda kodlanganligi sababli (ya'ni, ular) polikistronik) bu ribosoma faqat bitta oqsil ishlab chiqaradi degan ma'noni anglatadi, chunki u birinchi navbatda sintezni tugatadi kodonni to'xtatish, yoki bu a poliprotein ishlab chiqariladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling