Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet7/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

BOTULIZM (BOTULISMUS)

Toksinlar bilan zararlangan, buzilib qolgan, ayniqsa konserva ko‘rinishidagi oziq-ovkat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan og‘ir ovqat toksikoinfeksiyasidir. Klinik jihatdan botulizm asosan markaziy va vegetativ nerv sistemalari zararlanishi bilan ifodalanadigan og‘ir zaharlanish bilan ta’riflanadi.


Etiologiyasi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi Cl. botulinum oilasiga mansub bo‘lgan anaerobdir. U harakatchan, issiqlikka chidamli, sporalar hosil qiladigan, terminal holda joylashgan, tennis raketkasiga o‘xshagan yo‘g‘on tayoqchadir.
U go‘sht, baliq va o‘simlik mahsulotlarida (qon qo‘shilgan agar, ozgina jigar yoki go‘sht qo‘shilgan go‘sht-peptonli bulyonlarda) havo bo‘lmasa ham o‘saveradi.
Botulizm bakteriyalari A, V, S, D, E, G, Q turlariga bo‘linadi. Respublikada asosan A, V, YE turlari uchrab turadi. Mikrobning vegetativ shakllari 80°S haroratda 15—30 minut davomida halok bo‘ladi. Uning sporalari chidamli bo‘lib, quritilgan holatda o‘n yillab tirik qoladi. 5 soat mobaynida qaynatilgan hatto 180°S haroratda ham xalok bo‘lmaydi.
Uzidan barcha bakteriya toksinlari va kimyoviy moddalar ichida eng zaharli bo‘lgan (0,000001 ml suyultirilgan toksin dengiz cho‘chqachasini o‘ldiradi) ekzotoksin moddasini ishlab chikaradi.
Uning odamni o‘ldiradigan miqdori 0,3 mkg dir. Ayniqsa A turidagi toksin kuchli xisoblanadi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan toksin fizikaviy va kimyoviy omillar ta’siriga nisbatan ancha chidamli. Konservalarda toksinlar quyosh nuri va havo ta’siridan parchalanmaydi, ular qorong‘i va sovuq joylarda 6—8 oy mobaynida oz-moz kuchsizlanadi.
Epidemiologiyasi. Botulizm deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida uchraydi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi saprofit ko‘rinishida odam, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, qushlar, qisqichbaqalar, baliqlar organizmida yashaydi. Tuproqqa tushganda spora holida uzoq vaqt saqlanishi, lekin muayyan sharoitda (xarorat, namlik bo‘lganda) o‘sishi va ko‘payishi mumkin.
Sporalarning oziq-ovqat (go‘sht, baliq, o‘simlik) mahsulotlariga, terining yarali yuza joylariga tushishi, xali xavf tug‘dirmaydi, chunki sporalarda zahar bo‘lmaydi. Ayni paytda ular o‘sib, anaerob sharoitlarida mikroblarning vegetativ shakllari hisoblangan toksin mahsulotlarida paydo bo‘ladi.
Hozirgi paytda go‘sht mahsulotlaridan kasallanish kamdan-kam uchraydi. Bu kasallik bilan asosan sabzavot mahsulotlaridan tayyorlangan konservalar, ayniqsa uyda tayyorlangan konservalardan kasallanish mumkin.
Kasallik ko‘proq konservalangan qo‘ziqorin, bodring, pomidor za baqlajonlar iste’mol qilinganda yukadi.
Botulizm uchun mavsumiylik xos bo‘lib, kasallik ko‘proq qish, bahor oylariga va yozning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Mazkur xastalikning bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta turi: chaqaloqlarda uchraydigan, oziq-ovqatdan va yara orqali yuqadigan turlari mavjud.
Botulizmning 99 foizi oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘ladigan toksinlar tufayli kelib chiqadi. Jarohat tufayli yuzaga keladigan botulizmdagi toksin mikroorganizm orqali, chaqaloqlarda uchraydigan botulizmdagi toksin esa me’da-ichak orqali ishlanib chiqadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling