Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Laboratoriya usulida tashxis ko‘yish


Download 426.91 Kb.
bet10/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Laboratoriya usulida tashxis ko‘yish. Botulizmga to‘liq tashxis qo‘yish uchun bakteriologik tekshirishlar talab qilinadi. Laboratoriyada tekishrishdan maqsad, toksin va uning serologik xilini aniqlashdan iborat.
Buning uchun bemordan olingan qon, axlat, qusuq, moddalari yoki bemorning me’dasi yuvilgan suv, siydik va shubha qilingan oziq-ovqat mahsulotlari tekshiriladi. O‘lim yuz bergan xollarda patologik anatomiya yo‘li bilan olingan materialdan foydalaniladi.
Botulizmga shubha qilinganda, tekshirish uchun material bemorga botulizmga qarshi zardob yuborishdan oldin olinadi. Material biron narsaga yaxshilab o‘raladi, ustiga aniq qilib yozuvlar yozilib laboratoriyaga jo‘natiladi.
Toksin mavjudligini aniqlash uchun biologik sinama va uni sichqonlarda neytrallash reaksiyasidan foydalaniladi.
Davosi. Botulizmning asosiy davolash usuli botulizmga qarshi antitoksik zardob yuborishdir. Zardob kasallik boshlangan zaxoti yuborilishi kerak. Buning uchun A, V, YE turdagi polivalent zardoblardan yoki shu zardoblarning monovalent aralashmalaridan foydalaniladi. A, V zardoblarining har bir turi 10000
TB dan va YE turdagi zardobdan 5000 TB dan yuboriladi. Polivalent zardoblarning umumiy miqdori 25000 TB ni tashkil qiladi.
Botulizm yengil kechganda zardob bir marta yuboriladi. O‘rtacha og‘irlikdagi bemorlarga 3—4 kun davomida mushak orasiga 1—2 doza zardob yuboriladi. Botulizm og‘ir kechgan hollarda birinchi kunlari sutkasiga 4 ml miqdorda zardob buyuriladi, uning yarmi 5% li glukoza va natriy xloridning izotonik eritmasi bilan tomchilab venaga, qolgani mushaklar orasiga yuboriladi. Kerak bo‘lgan taqdirda zardob 3—4 kun davomida yuborilib turiladi. Botulizmga qarshi zardob asosan Bezredka usulida yuboriladi.
Qo‘zg‘atuvchining turi aniqlangandan so‘ng monovalent zardob yuboriladi. Zardobni yuborayotganda zardob kasalligi rivojlanishi mumkin zkanligini esda tutish zarur. Bemorda allergik reaksiyalar rivojlanganda dimedrol, promedol, efedrin, prednizolon tayinlanadi.
Me’da-ichak yo‘llarini buzilgan ovkat maxsulotlaridan, kasallik qo‘zg‘atuvchilari va toksinlardan xoli etish uchun me’dani yuvish, keyin esa bemor aktivlangan ko‘mir, ichni yumshatuvchi habdori kabul qilishi va unga huqna qilish lozim.
Kasallik vegetativ shaklining oldini olnsh. uchun antibiotiklar tayinlanadi. Botulizmda eng yaxshi naf beradigan antibiotiklardan birn levomitsetindir.
Kasallikning og‘ir turlarida katta yoshdagi bolalarga bir kecha kunduzda 2,0—2,3 litr kristalloidlar va 300 ml gacha kolloidlar beriladi.
Bunday katta mikdordagi suyuqlik bemor organizmiga laziks yordamida diurez yaxshilanib turgan holda yuboriladi.
Bemorlarga ko‘p-ko‘p vitamin tayinlanadi (venaga askorbinat kislota yuboriladi, V guruh vitaminlari buyuriladi), shuningdek, yurak-tomir vositalari hisoblangan strixnin, prozerin, dibazol berish; kerak.
Kasallik og‘ir kechganda glyukokortikosteroidlar tayinlanadi.
Bemorning nafas olishi buzilgan takdirda sun’iy nafas oldirishga o‘tiladi. So‘nggi yillarda terapevtik chora-tadbirlar kompleksiga giperbarik oksigenatsiya kiritilgan.
Asoratlar avj olganda antibakterial davo tayin qilinadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling