Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet13/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Tashxisi. Brutsellozga tashxis qo‘yish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: Qondan qo‘zg‘atuvchi ekmalarni ajratib olib, bakteriologik usulda tekshiriladi. Serologik diagnostika usullari qatoriga: Rayt va Xedelson agglutinatsiya reaksiyalari, PGAR (passiv gemagglutinatsiya), teri ostiga Byurne reaksiyasiga qilinadigan allergik sinama kiradi.
Differensial tashxisi. Brutsellozning o‘tkir davrida unga tif-paratif kasalliklari, tulyaremiya, rikketsioz, gripp, soxta sil, yuqumli mononukleoz, bod, sepsis, toksoplazmoz va boshqa kasalliklar bilan differensial tashxis qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Brutsellozni (surunkali turlari bo‘lgan) revmatoidli artrit, limfogranulematoz, septik endokardit, surunkali o‘choqli infeksiya, surunkali zotiljam va klinikasi shu xastaliklarga o‘xshash kasalliklar bilan qiyosiy tashxis qilish zarur.
Davosi. Brutsellozni kompleks davolash juda samaralidir, u bemorning butunlay tuzalib ketishiga olib keladi. Brutsellozni davolashda antibiotiklar (streptomitsin, levomitsetin, rondomitsin, gentamitsin, tetrasiklin) va sulfanilamid preparatlar (vitaminlar bilan birga) dan foydalaniladi. Shuningdek, hozir steroid gormonlar ham keng ko‘lamda qo‘llanadi. Brutselloz kasalligi cho‘zilib ketsa yoki surunkali tus olsa, qon quyish, desensibilizatsiyalash va simptomatik davo kabi usullardan ham foydalaniladi. Diatermiya, ultrabinafsha nurlar (UFO), ionogalvanizatsiya, UVCH kabi fizioterapevtik vositalar davolashning qo‘shimcha tadbirlari hisoblanadi.
Ilgari immunoterapiyadan keng foydalanilardi, hozir esa rosmana sensibillovchi xususiyati bo‘lganligi uchun bu usul kam ishlatiladi. Bolalarda bu usulni imkon boricha kamroq qo‘llash lozim. Brutselloz bilan kasallangan bemorlar o‘rin-ko‘rpa qilib yotishlari, ularga oson hazm bo‘ladigan sifatli parhez taomlar tayinlash lozim.
Kasallikning oldini olish. Brutsellozga qarshi kurash deganda, bunda kasallikning ko‘chib yurishiga, uning o‘choqlarini zararsizlantirishga va yo‘qotishga yo‘naltirilgan kurash tushuniladi. Bu kasallikning oldini olishda sanitariya qoidalariga rioya qilib to‘g‘ri xo‘jalik yuritishning ham ahamiyati katta. Shu bilan birga brutselloz bilan og‘rngan hayvonlarning sutini, sutidan tayyorlangan mahsulotlarni xamda go‘shtini ovqatga ishlatmaslik lozim. Bu kasallikka qarshi olib boriladigan qo‘shimcha tadbirlardan yana biri tirik brutselloz zardobi bilan emlashdir. Emlash epidemiologik ko‘rsatkichlarga binoan 18 yoshdan katta bo‘lgan aholi o‘rtasida o‘tkaziladi, jiddiy epidemiologik vaziyatlarda maxsus emlash tadbirlari yarim miqdorda 10 yoshdan oshgan bolalarga xam o‘tkaziladi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling