Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Kasallikning oldini olish


Download 426.91 Kb.
bet11/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Kasallikning oldini olish. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Konserva ishlab chiqarish sanoatida sanitariya nazorati alohida ahamiyat kasb etadi.
Konservalarning usti ko‘tarilib qolganligi ularni yo‘qotishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Maxsus profilaktika aholini 3 marotaba (birinchi bilan ikkinchisining orasidagi muddat 1,5 oy, ikkinchisi bilan uchinchisining orasidagi muddat 3 oy) A, V, YE, S turdagi polianatoksin bilan emlashdan iborat.
Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan bolalarga shoshilinch choralar ko‘riladi (mushak ichiga 5000 TB gacha miqdorda botulizmga qarshi zardob yuboriladi). Kasal bolalar 10—12 kun davomida kuzatib turiladi.


BRUTSELLOZ (BRUCELLOSIS)

Retikuloendotelial, asab, yurak-tomir sistemalari, tayanch-harakat apparati va boshqa a’zo xamda sistemalarning zararlanishi bilan davom etadi, shuningdek; o‘tkir va surunkasiga o‘tadi.


Etiologiyasi. Bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi odam va hayvonlarda uchraydigan brutsellalar deb ataladigan patogen mikroblar bo‘lib, ular 3 turga bo‘linadi. Brutsellalar sharsimon (cho‘zinchoq) yoki tayoqchasimon shaklda bo‘ladi. Mikroblar harakatsiz, sporalarni emas, balki kapsulalarni hosil qilishi mumkin.
Brutsellalar past haroratga chidamli bo‘lib, qaynatilganda darhol halok bo‘ladi. Ular dezinfeksiyalovchi eritmalardan ham tezda nobud bo‘ladi. Brutsellalar juda kam yuqumlidir.
Turli xildagi brutsellalar yuqumliligi va patogenligi jihatidan odamga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ular odamga juda tez yuqadi va patogenli bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Brutselloz odamlarga hayvonlardan yuqadigan tipik zoonoz infeksiyadir. Odamlarning brutsellozdan kasallanishi qishloq xo‘jalik hayvonlari (asosan mayda va yirik shoxli hayvonlar) orasida (epizootiya) brutselloz tarqalishi tufayli kuzatiladi. Brutselloz tarqalishida yovvoyi hayvonlar kam ahamiyat kasb etadi. -Odamlarga bu kasallik zararlangan hayvonlarning chiqindilari, suti va go‘shti orqali yuqishi mumkin. Shuningdek, brutselloz kasal hayvonlarning chiqindilaridan ifloslangan juni, terisi orqali ham yukishi mumkin.
Odamga infeksiya ovqat orqali (alimentar yo‘l bilan), bevosita kontaktda bo‘lganda va havo orqali yuqadi, kasallik ayniqsa qish-bahor fasllarida ko‘payadi. Brutselloz asosan o‘rta yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Emizikli bolalarga bu kasallik ona suti orqali va ona qornida ham yuqishi mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling