Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet19/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Patogenezi. Gepatit A virusi organizmga me’da-ichak yo‘lining shilliq pardalari orqali o‘tadi. U ingichka ichak shilliq qavatlarida va mezenterial limfa tugunlarida ko‘payadi. Keyin virus qonda yig‘iladi va kasallik yashirin davrining ikkinchi yarmida, klinik manzarasi yuz berguncha birlamchi virusemiya (viruslarning ko‘payishi) rivojlanadi. Virus qon bilan butun organizmga tarqalsa-da, ammo jigar infeksiya ko‘payishi uchun eng qulay joy hisoblanadi. Bu davrda umumiy zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi, jigar va taloq kattalashadi.
Gepatit V virusi terining zararlangan joyi orqali organizmga tushganda regionar limfadenit yuzaga keladi. Gepatit V virusi bilan zararlangan qon quyilganda esa virusemiya (ya’ni viruslar qon tomirlarida aylanib yuradi) paydo bo‘ladi, bu kasallik patogenezining keyingi bosqichlari xuddi virusli gepatit A dagi singari. Virusli gepatit V da sitoliz hodisasi jigar hujayralarida immunologik jarayonlarning kechishi bilan izohlanadi. Virusly gepatit V bilan og‘rigan bir qancha bemorlarda T- limfotsitlar kamayishi va funksional faoliyatning pasayishi sababli, T- sistemali immunitet faoliyati yo‘kolib ketadi. Virus ta’sirida kasallik yashirin davrining oxiriga borib, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi oshib boradi va qon zardobidagi fermentlar faolligining oshishiga sabab bo‘ladi.
Kasallik avj olgan davrda gepatotsitlar sitolizi, xolestaz va mezenximaning yallig‘lanish reaksiyalari tufayli jigar zararlanadi. Sitolizda jigar to‘qimalarining parchalanishi natijasida oqsilning sintez qilinishi pasayib ketadi, gipoproteinekilya rivojlanadi, albuminlar darajasi pasayib, globulinlar miqdori ko‘payib ketadi.
Kasallikning og‘ir turlarida qon ivishi sistemasi buziladi, qonning tomir ichidagi ivish sindromi rivojlanishi mumkin. Vitaminlar yaxshi o‘zlashtirilmaydi, hujayra va hujayradan tashqaridagi suyuqliklar nisbati, pigment almashinuvi ancha buziladi. Jigar distrofiyasi rivojlanishida (to‘qimalarning parchalanishida) hujayra membranalari, lizosomalar o‘tkazuvchanligi va ulardagi proteolitik fermentlar faolligi oshishining ham axamiyati katta. Bular jigar hujayralarining tez yemirilishiga yordam beradi, bu jigar funksiyasini susaytiradi. Jigar distrofiyasida markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi va h. k.
Jigarning o‘tkir distrofiyasida markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi, jigarning qarshilik ko‘rsatish faoliyatining susayib ketishi bilan bog‘langan. Bunday hollarda qonda ammiak, fenollar, ba’zi aminokislotalarning to‘planishi ahamiyatlidir. Jigarning parchalangan to‘qimalari ham organizmga zaharli ta’sir qiladi. Gepatit durust kechgan hollarda organizm virusdan batamom xalos bo‘lib, unda immunitet shakllana boshlaydi. Gepatit V bilan og‘rishning ba’zi hollarida organizm virusdan batamom xalos bo‘lmasdan, virus tashuvchanlik shakllanadi. Gepatit V bilan og‘rigan qator bemorlarda kasallik surunkali tus oladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling