Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet15/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Patogenezi. Hazm yo‘llari infeksiyaning kirish joyi bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘zg‘atuvchi ichakda ko‘payib, shilliq parda va limfa yo‘llari orqali ichakning limfa tizimlariga (Peyer, pilikchalari, solitar follikulalar, regionar limfa tugunlari) o‘tadi. Keyinchalik qisman halok bo‘lgan mikroblar va holi bo‘lmagan toksinlar tufayli kechadigan bakteriyemiya yuzaga keladi. Mikroblar ko‘plab o‘t qopida yig‘iladi, u yerdan ichaklarga tushib, ma’lum darajada intoksikatsiyaga sabab bo‘ladi va qon tomirlarga o‘tadi. Kasallik ichakda rivojlanganda quyidagi bosqichlar: Peyer pilikchalari va follikulalarning bo‘kish bosqichi, limfa tugunlarining kattalashuvi va ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi (1-haftada), Peyer pilikchalarining chirish bosqichi (2-xaftada), qayta paydo bo‘lishi (3-haftada) va yaralarning chandiqqa aylanishi bosqichi (4—5 xaftalarda) farq qilinadi. Yosh bolalarda ichakdagi mahalliy o‘zgarishlar kuchsizroq ifodalanadi.
Klinikasi. Ich terlamaning yashirin davri 7 dan 23 kungacha, o‘rta hisobda 14 kun davom etadi. Paratifda yashirin davr bir muncha qisqa (6 kundan 10 kungacha) davom etadi. Ich terlamada aksariyat qisqa yashirin prodromal davr (1—3 kun) kuzatiladi. Kasallik asta-sekin boshlanadi, harorat 5—7 kun mobaynida bosqichma-bosqich ko‘tarilib, 39—400 ga yetganda et junjikadi, ishtaxa pasayib, uyqu buziladi, qabziyat paydo bo‘ladi, jigar va taloq kattalashadi, tilni karash bog‘laydi, nisbiy bradikardnya paydo bo‘ladi, harorat yuqoriligicha saqlanib turadi. Tifoz holat rivojlanadi, uyqu bosadi, karaxtlik, alahsirash kuchayadi. Qorin tekshirilganda o‘ng tomonda quldirash eshitiladi. Ko‘pincha bronxit kuzatiladi. Kasallikning 9—11-kunida qorin terisida, ko‘krakda, yelkada ozgina bo‘rtib chiqqan, diametri 3—4 mm bo‘lgan, bosganda yo‘qolib ketadigan rozeolalar — pushti rang dog‘lar paydo bo‘ladi. Kasallikning birinchi kunlarida o‘rtacha leykotsitoz, keyin leykopeniya, nisbiy limfotsitoz, aneozinofiliya kuzatiladi. Kasallikning hamma simptomlari to‘liq yuzaga chiqqandan 1—2 xafta o‘tgach, rozeolalar asta-sekin yo‘qolib, kasallikning rekonvalessensiya davri boshlanadi. Xarorat ertalab ba’zan vaqtincha tushishi, ba’zan kasallikning qisman yoki barcha simptomlari yuzaga kelgan holda qaytalanishi ham mumkin. Kasallik isitma chiqish davrining 1—2 xaftagacha qisqarishi bilan abortiv (to‘xtab-to‘xtab) kechishi mumkin. Kasallikning yengil, o‘rtacha va og‘ir turlari farqlanadi. Ich terlamani yaqqol manzarasi maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi. Yosh bolalarda kasallik ba’zan atipik (intoksikatsiya, dispeptik holatlar, meningizm, septik asoratlar bilan) kechadi.
Kasallik asoratlari kamdan-kam hollarda ichakdagi yarali (ichakdan qon oqishi va ichak perforatsiyasi) jarayonlarga bog‘liq holda, katta yoshdagi bolalarda kuzatiladi. Ichakdan qon oqayotganligiga xos belgilar: axlatning moysimon bo‘lishi (ko‘pincha kasallikning 3-haftasida), bemor rangining oqarib ketishi, bosh aylanishi, qorinda to‘satdan og‘riq paydo bo‘lishi, bemor qayt qilishi, harorat va qon bosimi pasayib ketishi hisoblanadi. Bolalarda ikkilamchi infeksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar (otit, zotiljam, stomatit va boshka) yuzaga keladi. Paratif A klinik kechishi bo‘yicha qorin tifiga o‘xshash bo‘lsada, o‘zining o‘tkir boshlanishi, haroratning bir tekisda bo‘lmasligi, birmuncha yengil kechishi, kamdan-kam asorat qoldirishi bilan undan farq qiladi. Paratif V da ko‘pincha qon ketishi, ba’zan esa qabziyat, rozeolalarning ko‘plab toshishi, ba’zan gerpes, qonda leykopeniya bilan birga leykotsitoz kuzatiladi. Paratiflarda kasallik qorin tifiga qaraganda qisqaroq davom etadi, kam hollarda asorat qoldiradi va o‘lim bilan tugaydi.
Tifga qarshi emlanganlarda bu kasallik g‘ayritabiiy xolda, ko‘pincha yashirin kechadi.
Shuningdek, kasallik o‘tkir boshlanib, uning to‘satdan yuzaga chiqadigan abortiv shakli ham mavjud. Kasallik ko‘pincha bo‘g‘imlarda, mushaklarda og‘riq va uzoq subfebril harorat bilan kechadi. Lekin emlanganlarda kasallik xavfli asoratlar bilan og‘ir kechishi mumkin. So‘nggi yillarda qorin tifi va paratiflar og‘ir turining kamayishi, yengil, atipik turining ko‘payib borishi natijasida, ayniqsa kasallikning boshlang‘ich davrida unga tashxis qo‘yishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Hozirgi paytda qorin tifi va paratiflarning klinik kechishi kasallikni erta aniqlash uchun klinik laboratoriya usullaridan foydalanishni talab etadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling