Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Asoratlari. Qorin tifida ichak yarasining teshilishi, ichaklardan qon ketishi, meningit, piyelonefrit va boshqalar. Tashxisi


Download 426.91 Kb.
bet16/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Asoratlari. Qorin tifida ichak yarasining teshilishi, ichaklardan qon ketishi, meningit, piyelonefrit va boshqalar.
Tashxisi. Bu kasallikni ayniqsa yosh bolalarda aniqlash qiyinchilik tug‘diradi. Bir haftadan uzoq davom etadigan, doim isitma va leykopeniya bilan kechadigan, penitsillin yaxshi ta’sir etmaydigan kasalliklar qorin tifiga shubha tug‘dirishi mumkin. Bunday paytlarda ularni darhol bakteriologik tekshirish zarur. Shoshilinch tashxis qo‘yish uchun (kasallikning birinchi haftasida) venadan 5—10 ml qon olinib, qon ekmasi (gemokultura) tayyorlanadi va 10% li o‘t suyuqligiga ekiladi. Birinchi haftaning oxiri, ikkinchi haftaning boshida Vidal reaksiyasini o‘tkazish (tashxislash) uchun uning titri 1 : 100 dan kam bo‘lmasligi zarur, kerak bo‘lganda bu reaksiyani qayta o‘tkazish (bunda agglutinatsiya titri oshib boradi) lozim. Ikkinchi haftaning oxiri, uchinchi haftaning boshida axlatdan va siydikdan ekma olish kerak. Kasallikning 2—3 xaftasiga borib ekma uchun o‘n ikki barmoq ichakdagi suyuqlikdan (bilikultura) foydalanish mumkin. Antibiotiklarni erta tayinlashda laboratoriya tekshirishlari ijobiy natija beradi.
Hozirgi paytda Vidal reaksiyasini somatik (jismoniy) O- va N- antigenlari bilan o‘tkazish tavsiya etilmoqda. O-antigenlar bilan o‘tkaziladigan ijobiy natija qo‘zg‘atuvchisi noma’lum bo‘lgan tif-paratifoz kasalliklaridan darak beradi. O-va N antigenlari bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar birgalikda ijobiy natija berganda, O- agglutinatsiya titri oshib borganda qorin tifiga taxmin qilish mumkin. Vidal reaksiyasiga qaraganda aniqroq natija beradigan reaksiya passiv gemagglutinatsiya (PGAR) reaksiyasidir. PGAR (passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi)ning eritrotsitlar O- va N- antigenlari bilan o‘tkaziladigan titri 1 : 660—1 : 320 ga teng. PGAR maxsus reaksiya bo‘lib, yuqori aniq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganligi uchun kasallikning 4—5- kunlari qo‘yiladi, titrning ko‘paygan miqdori 3—4 haftalarda kuzatiladi. Erta tashxis qo‘yish usullaridan biri — immunoflyuoressensiyadir. Bunda kasallik boshlangandan keyin 10—12 soat mobaynida qo‘zg‘atuvchilardan ekma olmasdan turib kasallikni aniqlash mumkin. Bu usulni kasallikning yashirin atipik xillarida qo‘llagan ma’qul.
Qorin tifi va paratiflarni gripp, toshmali tif, pnevmoniya, meningitli sil, sil, sepsis, brutselloz, Ku-isitmasi, yuqumli mononukleoz, o‘tkir appenditsit, bezgak, salmonellyoz, o‘tkir dizenteriya va soxta sil kasalliklari bilan differensial tashxis qilishga to‘g‘ri keladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling