Jami 58 40 40 18
1. Mutaxassislikda Tibbiy terminologiya lotin tili asoslari bilan
fanining tutgan o`rni
O`quvchi bilishi kerak:
tibbiy terminologiya lotin tili asoslari bilan fanining tibbiy
atamalar yaratilishidagi ahamiyatini;
dunyo madaniyatining rivojlanishida lotin tilining qo`shgan hissasini;
tibbiyot terminologiyasi va tibbiy atama tushunchasini.
Nazariy mashg`ulot mazmuni
“Tibbiy terminologiya va lotin tili asoslari bilan” fanining
qisqacha rivojlanish tarixi hamda dunyo madaniyati taraqqiyotidagi tutgan
o`rni. Lotin tilining qadimgi yunon tili bilan tibbiyot sohasidagi
aloqasi. Lotin va yunon tillarining tibbiy atamalar yaratilishidagi
hissasi. Uning umumkasbiy va tibbiyot fanlari bilan uzviy bog`liqligi.
Ilg`or tibbiyot texnologiyalarda lotin tili terminologiyasining ahamiyati.
2. Fonetika. Harflar va harf birikmalari
O`quvchi bilishi kerak:
lotin alifbosini;
unli va undosh harflarning, harf birikmalarining o`qilishini;
lotin va yunon tibbiy atamalaridagi «U, u» - harfini qo`llanishini;
to`g`ri o`qish va urg`u qoidasini.
Nazariy mashg`ulot mazmuni
Lotin alifbosi. Unli va undosh tovushlar tasnifi hamda ularning
o`qilish qoidalari. Ikki turli harflarning bir tovushdek o`qilishi -
diftong. Lotin so`zlaridagi ngu, qu, ti, su harf birikmalari hamda yunon
tibbiy atamalaridagi sch, ch, rh, rh, th harf birikmalaridagi -h- harfining
talaffuz qilinishi. Lotin va yunon tibbiy atamalaridagi «U, u» - harfini
o`qilishi va yozilishi.
Oxirgi bo`g`indagi unli harfning cho`ziq va qisqa o`qilish qoidasi.
Urg`u. Urg`u qoidasi, tibbiy atamalarni o`qishda urg`uni to`g`ri qo`yish.
3.O`quvchi bilishi kerak:
so`z yasovchi qo`shimchalarni;
tibbiyot atamalarining tuzilish shaklini;
so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida tibbiy atamalar tuzishni.
Do'stlaringiz bilan baham: |