10. Uchinchi guruhda turlanuvchi otlar. Retsepturada kimyoviy
moddalar va birikmalarning nomlari
O`quvchi bilishi kerak:
uchinchi guruhda turlanuvchi otlarning asosiy belgilari va lug`at
shaklini;
uchinchi guruhda turlanadigan otlarning negizini aniqlashni;
kimyoviy element va moddalarning lotincha nomlar tartibini.
Nazariy mashg`ulot mazmuni
Uchinchi guruhda turlanadigan otlarning muhim xususiyatlari.
Tengmurakkab va notengmurakkab otlar. Uchinchi guruhda turlanuvchi
otlarning negizini topish. Lug`at shakli. Uchinchi guruhda turlanadigan
otlarning genusini aniqlash. Genuslar haqida qoidadan tashqari muhim
holatlar (rulvis, rirer, raraver, tuber, cor, os(oris). Genus masculinum, genus
femininum va genus neutrum qo`shimchalarining xususiyatlari. Uchinchi guruhda
turlanuvchi otlarning bosh va qaratqich kelishik birlik va ko`plikda
turlanishi.
Dosis, eczema shaklidagi yunon tibbiy atamalarining turlanish
belgilari.
Kimyoviy elementlar, moddalarning lotincha nomlari, oksidlar va
tuzlar nomlari. Uchinchi guruhda turlanadigan otlarga oid so`z yasovchi
qo`shimchalar va lotincha-yunoncha ma`nodosh atamalar.
11. Ikkinchi guruh sifatlari. Ikkinchi guruh sifatlarining
otlar bilan moslashuvi
O`quvchi bilishi kerak:
ikkinchi guruh sifatlarining kelishik qo`shimchalarini;
sifatlarning lug`at shakllarini;
sifatlarning otlar bilan moslashuv qoidasini.
Nazariy mashg`ulot mazmuni
Ikkinchi guruh sifatlarining qaratqich kelishik birlik va ko`plik
sonlaridagi qo`shimchalari. Ikkinchi guruh sifatlariga oid so`z yasovchi
qo`shimchalar va lotincha-yunoncha ma`nodosh sifatlar.
Ikkinchi guruh sifatlarining birinchi, ikkinchi va uchinchi guruhlarda
turlanuvchi otlar bilan moslashuvi.
12. To`rtinchi va beshinchi guruhda turlanuvchi otlar
O`quvchi bilishi kerak:
to`rtinchi va beshinchi guruhda turlanuvchi otlarning lug`at shaklini;
to`rtinchi va beshinchi guruhda turlanadigan otlarning genus
qo`shimchalarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |