Piyelonefrit kasalligida tibbiy yordam.
Piyelonefrit – buyrak orasi to`qimasi va buyrak jomlarining mikroblar ta`sirida yallig`lanishidir.
Belgilari. Bemorlar biqin sohasida og`riqdan shikoyat qiladilar. Siydik paytida og`riq paydo bo`lishi, tana haroratining oshishi, bosh og`rig`i, darmonsizlik va ishtahaning yuqolishi kuzatiladi. Siydikni tekshirganda oqsil miqdori oshgan, siydik cho`kmasida oq qon tanachalari, bakteriyalar va ba`zan biroz qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) borligi aniqlanadi. Bemorning ikkala biqin sohasi chayqatilib ko`rilganda og`riq kuchayadi (buni Pasternaskiy simptomi deyiladi). Kasallikning o`tkir yoki surunkali kechishiga ko`ra, belgilari turlicha bo`lishi mumkin. Isitma asosan o`tkir davrida ko`p bezovta qiladi, surunkali holatga o`tgandan keyin tana harorati me`yordan ortiq yuqori bo`lmasligi mumkin.
Davolash. Kasallikning o`tkir yoki surunkali kechishga qarab davolanadi. O`tkir bosqichida bemor shifoxonada (nefrologiya, urologiya, terapiya) davolanishi lozim. Bemorga parhez, antibiotik, urosulfon, furadonin, nitroksalin, vitamin B guruhi, S beriladi. Bemorlar vrach nazoratida 3-5 yil davomida bo`lishlari lozim.
Uretrit kasalligida tibbiy yordam.
Uretrit - siydik chiqarish kanali shilliq pardasining yallig‘lanishidir.
Sababi. Bakteriyalar, viruslar, shaxsiy gigiyena qoidasiga rioya qilmaslik, shamollash, sistitning asorati, siydik yo‘lidagi toshlar.
Belgilari. Siydik yo‘llarining achishishi, siydik chiqarish paytidagi og‘riq, tez-tez siyish, ba’zan tana harorati ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam.
1. Iliq o‘tiruvchi vannalar (bunda maxsus tog`oraga +35+380 C da iliq suv solinib bemor chanoq sohasini tog`oraga solib o`tiradi) qabul qiladi.
2. Mikroblarga qarshi antibiotiklar, sulfanilamidlar va nitrofuranlar qo‘llanishi sistitdagidek.
3. Uretrani har kuni yoki kunora simob oksianid (1:6000), kumush nitrat (1:1000), furatsilin (1:5000) eritmalari bilan maxsus moslama yordamida yuvish.
4. Sho`r, achchiq ovqatlar va suyuqliklardan tiyilish.
5. Issiq, toza va quruq oyoq kiyim va ichki kiyim boshlardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |