Buyrak – tosh kasalligida tibbiy yordam.
Sababi. Tuzli taomlar, ichimliklarni uzoq vaqt iste’mol qilish, buyraklarni yallig‘lanishi natijasida yuzaga keladi.
Belgilari. Kasallik uzoq yillar davomida rivojlanib boradi. Vaqti-vaqti bilan bel sohasida pichoq sanchgandek og‘riq paydo bo‘lishi, bemor tez-tez peshobga chiqishi, siydikning rangi qizg`ish (xuddi go`shtni yuvgan suyuqlikka o`xshash) bo`lishi bilan xarakterlidir.
Tibbiy yordam:
1. Bemorni qulay sharoitda yotqiziladi. 2. Bel sohasiga issiq grelka qo‘yiladi.
3. Oyoqlariga issiq vanna qilinadi.
4. Og`riq qoldirish uchun (spazmni yechadigan) no-shpa, papaverin, platifillin kabi (dorilar) lardan birortasi 1-2 ml miqdorda mushak orasiga yuboriladi va bemorni shifoxonaning nefrologiya yoki urologiya bo`limiga yotqiziladi.
5. Shifokorlar nazoratida bemorning siydik pufagi kateter yordamida bo`shatiladi.
6. Qoshimcha ravishda og`riq qoldiruvchi dori vositalaridan analgin 50 %-2 ml, dimedrol 1 % - 1 ml novokain 0,5 %-1-2 ml qo`shib muskul orasiga yuboriladi.
7. Agar buyrak tosh kasalligi yana avj olaversa, jarrohlik usuli bilan davolanadi.
Buyrak sanchig`ida tibbiy yordam.
Buyrak sanchig`i - buyrak jomlaridan siydik chiqishiga t`osiq bo`lganida ya`ni tosh tiqilishi natijasida sodir bo`ladi.
Sababi. Buyrak jomlarida hosil bo`lgan toshlar, buyrak sili va buyrak o`smasi kasalliklarida hosil bo`lgan moddalar (to`qima parchalari) bilan buyrak jomidan siydik yo`liga o`tuvchi teshikning berkilishi.
Belgilari. Bel sohasida to`satdan boshlanuvchi kuchli og`riq paydo bo`lishi, og`riqning qovurg`a osti, qorin, qovuq, jinsiy a`zolar sohasiga tarqalishi, siydik ajralishining qiyinlashuvi.
Tibbiy yordam.
1. Bemor issiq to`shakka yotqizladi, bel sohasiga issiq grelka qo`yiladi.
2. Tez yordam chaqiladi.Tez yordam kelgunicha quyidagi muolajalar o`tkaziladi:
- issiq vanna;
- og`riq qoldirish uchun baralgin 1 tabletka yoki 5 ml muskul orasiga, platifillin 0,2 %-1 ml teri ostiga, analgin 50 %- 2ml 0,5 %-2 ml novokain bilan aralashtirilib muskul orasiga;
- siydik yo`lini kengaytirish uchun avisan 1 tabletka, papaverin 1 tabletka, sistenal 10-20 tomchi ichiladi;
3. Shifokor nazorati ostida og`riq qoldirish uchun, fentanil 1 ml, droperidol 2-4 ml 20 % - glyukoza bilan qo`shib vena tomiriga yuboriladi;
4. Bemorga issiq (shirin) choy ichiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |