Tibbiy bilim asoslari
% li tindirilgan xlorli ohak eritmasidan boshqa foizli eritmalar tayyorlash
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
10% li tindirilgan xlorli ohak eritmasidan boshqa foizli eritmalar tayyorlash:
Xloramin eritmasini tayyorlash. Dezinfeksiyada xloraminning 0,2% dan 5% gacha konsentratsiyadagi eritmalari keng qo’llaniladi (eritma bevosita dezinfeksiyadan oldin tayyorlanadi).
Ish -2 Dezinseksiya usullari. Kerakli jihozlar va materiallar: Himoya kiyim-boshi, to’r, dietiltoluamid (DETA), dimetilftalat ( DMF), benzilin, DDT (dust), geksaxloran, dixlorofos, karbofos, xlorofos, dibrom (naled), benzilbenzoat suspenziya, kerosin, nittifor, bura, borat kislota. Ishni bajarish tartibi: Dezinseksiya – yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarini tashib yuruvchi hasharotlar va bo’g’imoyoqlilarga qarshi kurashishdir. Dezinseksiyaning mexanik, fizik, kimyoviy usullari bor. a) Dezinseksiyaning mexanik usulida chang so’rg’ich, pashsha o’ldirgichlar yordamida hashorat va bo’g’imoyoqlilar yo’qotiladi. b) Dezinseksiyaning fizik usuli: kam qimmatli kiyimlar, narsalar kuydiriladi. Kiyim-bosh , ko’rpa-to’shaklar qaynatiladi , dazmollanadi. c) Kimyoviy usulda hasharotlarni yo’qotish uchun insektitsidlar (lotincha insectum-hashorat) kanalarni yo’qotish uchun akaritsidlar (lotincha acarina-kana) ishlatiladi. Insektitsidlarni qo’llashning eng tarqalgan formalari kukunsimon preparatlar (dustlar, granulalar, namlanadigan kukunlar), eritmalar, aerozollar, sovun, shampunlar hisoblanadi. Ish -3 Deratizatsiya. Kerakli jihozlar va materiallar: krisid, zookumarin, rux fosfidi, margumush, tiosemikarbazid, bariy fosfat, zaharlangan don, qopqon, to’r, xlorpikrin, mavzuga oid rasmlar jadvalllar. Ishni bajarish tartibi: Deratizatsiya - yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarini tashib yuruvchi kemiruvchilar, sichqon, yumronqoziq, kalamushlarni yo’qotishga qaratilagan chora-tadbirlardir. Deratizatsiyaning mexanik, kimyoviy, biologik usullari mavjud. Deratizatsiyaning mexanik usulida qopqon, tuzoq, to’rlar yordamida kemiruvchilarga qarshi kurashiladi . Deratizatsiyaning kimyoviy usulida nafas yo’lariga va ichak yo’llariga ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatiladi.Nafas yo`llariga ta`sir etuvchi zaharli moddalar vagonlar, skladlar, dala sharoitida uyalarga ishlov berishda ishlatiladi. 1 kub metr binoga ishlov berishda 60-100 gramm sulfid angidrid, 45 gramm xlorpikrin, 700 gramm karbonat angidrid ishlatiladi. Ichaklarni zaharlovchi moddalarni tuzoqni zaharlab qo’yishda ishlatiladi. Tuzoq sifatida don, non ushog’i, bo’tqa, xamir va boshqalar ishlatiladi. Zaharlangan tuzoqlar alohida jihozlangan va ajratib qo’yilgan binolarda, alohida tayyorgarlikdan o’tgan shaxslar tomonidan tayyorlanadi. Zaharlangan tuzoqlar tayyorlashda krisid, zookumarin, difenatsid, bariy sulfat, rux fosfid, tiosemikarbazid, margumush va boshqa preparatlar qo’llaniladi. Inson va hayvonlar uchun ko’proq xavflisi rux fosfid va margumush preparatlari, kamroq xavflisi krisid, zookumarindir. Biologik usulda kemiruvchilarni qirib tashlashda bakteriologik kulturalar (kalamush tifi kulturasi, sichqon tifi kulturasi) keng qo’laniladi. Bakteriologik kulturalar oziq tuzoqlari sifatida ishlatiladi. Bakteriologik kulturalarni davolash muassasalarida, oziq-ovqat korxonalarida, umumiy ovqatlanish muassasalarining oziq-ovqat saqlanadigan joylarida qo’llab bo’lmaydi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling