GLOSSARIY
Abstinensiyaning birinchi kuni bemor tez-tez esnaydi, ko`zidan yosh oqadi, og`zidan so`lak ajralishi ko`payadi, burundan suv kelib, tez-tez aksiradi.
Abstinensiyaning ikkinchi kuni bemorning tana harorati ko`tariladi, u qaltiraydi, ko`p terlaydi, oyoq-qo`l bo`g`imlari qotib qolganday bo`lib harakatlanish qiyinlashadi.
Abstinensiyaning uchinchi kuni bemorning ko`ngli aynib qusadi, ichi ketadi, jag’ muskullari tirishib og`riydi, og`zini ochib-yopish qiyinlashadi, qo`l-oyoq muskullari tirishadi va og`riydi.
Abstinensiyaning to`rtinchi-beshinchi kunlari bemorning ruhiyati buziladi, ko`ziga qo`rqinchli narsalar ko`rinadi, qulog`iga qo`rqinchli tovushlar eshitiladi (ya‘ni ko`rish va eshitish gallyutsinatsiyalari yuzaga keladi), u baqiradi, so`kinadi, “narkotik beringlar” deb yalinadi, “bermasalaring o`ldiraman” deb qo`liga to`g`ri kelgan narsani otadi, boshini devorga urib yig`laydi.
Abstinensiyaning oltinchi-yettinchi kunlari bemor ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga yetadi.U fikrlash qobiliyatini butunlay yo`qotadi, ya‘ni jinni odamga o`xshab qoladi.Shifoxona yoki uyida qamab qo`yilgan bo`lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qiladi, yo`lini to`sgan yoki ushlamoqchi bo`lgan odamni qo`liga tushgan narsa bilan uradi, hatto o`ldirishdan ham toymaydi.
Allergiya - atrof muhitning allergenlarga bola organizmi sezgirligining oshishi tufayli yuzaga keladigan kasallik holatidir.
Anafilaktik shok - turli xil moddalarga organizmning sezuvchanligi oshishi, ya`ni og`ir kechadigan allergiya reaksiya natijasida yuzaga keladigan holat.
Angina - tanglay-tomoq sohasida joylashgan bodomsimon limfa bezlarining yallig‘lanish kasalligi.
Antiseptika - jarohatga tushgan mikroblarga qarshi kurashishdir..
Arterial qon boismi pasaygan (gipotoniya) da qo‘llanadigan dorilar:
Arterial qon bosimi - qonning tomirlar devoriga ko'rsatgan bosim kuchidan yuzaga keladi. Uning me’yori maksimal arterial bosim 110-130 mm, minimal arterial bosim 70-80 mm, simob ustuniga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |