Tibbiy bilim asoslari


Mahalliy og‘riqsizlantirish


Download 156.32 Kb.
bet41/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Mahalliy og‘riqsizlantirish.
Mahalliy og‘riqsizlantirishda dori moddalari surtish, purkash yoki tomizish yo`li bilan yuboriladi.
Mahalliy og‘riqsizlantirishni bir necha turi mavjud:
1. Infiltratsion anesteziya ya`ni dori moddasini qavatma-qavat yuborish bilan amalga oshirilib, bu maqsadda 0,25-0,5 % li novokain ishlatiladi.
2. G`ilof anesteziyasi qo`l-oyoqlar, asosan muskul fatsiyalari yaxshi rivojlangan joylarda qilinadi (bunda ham novokain ishlatiladi).
3. Regionar anesteziya 10-20 ml 1-2 % li novokainni qo`l-oyoqlar, qovurg`alar, nerv stvoliga yuborish bilan hosil qilinadi.
4. Anestetiknu suyak ichiga yuborib og`riqsizlantirish (novokain ishlatiladi).
5. Paravertibral anesteziya – umurtqalar aro teshiklardan nerv stvollari chiqadigan sohaga 5 % li novokain yuborib amalga oshiriladi.
6. Presakral anesteziya – dumg`aza teshiklaridan nerv stvollari chiqadigan joyga 0,5 % li novokain eritmasini yuborib hosil qilinadi.
7. Orqa miya anesteziyasi – bunda og`riqsizlantiruvchi eritma nerv ildizlarini subraxnoidal bo`shliqda blokada qilib qo`yadi. Bu maqsadda 0,5-1 % li sovkain yoki 5 % li novokain eritmalari ishlatiladi.
Shuningdek anesteziya uchun 0,3 % li dikain, 5 % li lidokain eritmalari qo`llaniladi.
14-AMALIY MASHG’ULOT


Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini
aniqlash va baholash.

Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi.


Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat:
1.Somatometrik tekshiruv usulitana vazni, bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda), bosh va ko`krak qafasi aylanasi uzunligi aniqlash;
2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullari kuchini aniqlash;
3.Somatoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasining shakli, ko`krak qafasi, shakli, oyoqlar shakli, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi.
Ish-1. Tana vaznini aniqlash.
Ishni bajarish tartibi:
1 Tibbiy tarozi ish uchun tayyorlanadi.
2.Tekshiriluvchi ustki kiyimini, poyafzalini yechib, tarozi pallasining o‘rtasida tik turadi.
3.Uning oyoqlari orasidagi masofa 10-15 sm ni tashkil qilishi kerak.
4.Tekshiruvchi kilogramm va grammlarni ko‘rsatuvchi toshlarni asta siljitib, tekshiriluvchining tana vaznini aniqlaydi.
Izoh: Go`dak bolaning tana vazni maksimal ko‘rsatkichi 12,5 kg gacha bo‘lgani uchun gorizontal (pallali) tibbiy tarozida o‘lchanadi. Unda bolani yotqizib o‘lchash uchun moslama mavjud.
Ish-2. Bo‘y uzunligini aniqlash
Yog‘ochdan yasalgan rostomerda vertikal taxta santimetrlarga bo‘lingan bo‘lib, unda 2 ta shkala mavjud. Biri pastda, ya'ni ko‘ndalang taxtadan, ikkinchisi esa o‘rindiqdan boshlanadi.
Metalldan yasalgan rostomer tibbiy taroziga biriktirilgan holda bo‘ladi.
Izoh: Oddiy tekis taxtaga santimetrli lentani yopishtirib yoki unga raqamlarni yozib, rostomer sifatida ishlatish ham mumkin.
Ishni bajarish tartibi:
1.Tekshiriluvchi poyafzalni yechib, vertikal taxtaga orqasi bilan tik turadi.
2.Uning boshi tik, oyoqlari juftlashgan, qo‘llari tushirilgan holda bo‘ladi.
3.Tekshiriluvchining tovonlari, dumba, kuraklar oralig‘i va boshining ensa qismi rostomer taxtasiga tegib turishi kerak.
4.Qad-qomatni shunday to‘g‘ri va tik tutish kerakki, quloqning tashqi teshigi va ko‘zning tashqi burchagi bir tekislikda bo‘lsin.
5.Tekshiriluvchi yuqorida ko‘rsatilgan vaziyatda tik turganda, tekshiruvchi rostomerni planshetkasini siljitib, yuqoridan pastga, ya’ni tekshiriluvchining kalla gumbaziga tekkizadi va rostomerni shkalalarga bo‘lingan taxtasidagi raqamni belgilaydi. Bu raqam bo‘y uzunligini ko‘rsatadi.
Izoh: Go‘dak bolalarning bo‘yi gorizontal bo‘y o‘lchagichda yotgan holda o‘lchanadi.
Ish-3. Bosh aylanasini o‘lchash.
Jihozlar: santimetrli lenta.
Ishni bajarish tartibi:
1.Tekshiruvchi santimetrli lentani bir uchini oldingi tomondan qosh rovoqlari ustidan, orqa tomondan esa ensa do‘mbog‘i ustidan o‘tkazib o‘lchaydi (3-rasm).
Ish-4. Ko‘krak qafasi aylanasini o‘lchash
Jihozlar: Santimetrli lenta
Ishni bajarish tartibi:
1.Tekshiriluvchi kiyimlarini beligacha yechib, qo‘llarini biroz ko‘taradi.
2.Tekshiruvchi santimetrli lentani tekshiriluvchining ko‘krak qafasi atrofidan aylantirib o‘raydi. Lenta old tomonda erkaklarda ko‘krak bezlari ustidan, ayollarda ko‘krak bezlari ostidan o‘tkaziladi. Orqa tomonidan esa ko‘kraklarning uchi ostidan o‘tkaziladi.
3. Oldin tinch holatda, ya‘ni erkin nafas olib turgan paytdagi ko‘krak aylanasi o‘lchanib kartaga yoziladi. So‘ngra chuqur nafas olganda va chuqur nafas chiqarganda ko‘krak qafasi aylanasi o‘lchanib kartaga yoziladi. Ko‘krak qafasi aylanasi uzunligining chuqur nafas olganda va chiqargandagi farqi ko‘krak qafasi ekskursiyasi deyiladi (4-rasm).
Ish-5. O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlash.
Jihozlar: suvli yoki havoli spirometr, spirt, paxta, suv to‘ldirilgan yarim litrli banka.
Ishni bajarish tartibi:
1.Suvli yoki havoli spirometr ish uchun tayyorlanadi.
2.Spirometr nayi spirtli paxta bilan artiladi va bankadagi suv bilan chayqaladi.
3.Tekshiriluvchi 2 marta chuqur nafas olib, burnini barmoqlari bilan qisib, spirometr nayiga sekinlik bilan nafasini oxirigacha puflaydi.
4.Spirometr strelkasi ko‘rsatgan raqam o‘pkaning tiriklik sig‘imi, deb belgilanadi.
5.O‘pkaning tiriklik sig‘imi 3 marta o‘lchanib, eng yuqori ko‘rsatkich kartada qayd qilinadi.
6.O‘pkaning tiriklik sig‘imi normada erkaklarda 3000-3500 ml, ayollarda 2500-3000 ml, bolalarda esa yoshiga qarab o‘zgaradi.
Masalan: 8 yoshli o‘g‘il bolada-1600 ml, qiz bolada-1480 ml;
10 yoshli o‘g‘il bolada-2000 ml, qiz bolada-1900 ml.
Ish-6. Qo’l va bеl muskullari kuchini aniqlash.
Jihozlar: qo‘l dinamometri va stanovoy dinamometr.
Qo‘l muskullari kuchi dinamometr asbobi bilan aniqlanadi. Uning 30 kg, ya’ni olalar uchun va 90 kg gacha kattalar uchun mo‘ljallangan turlari mavjud. Bel muskullari kuchi stanovoy dinamometr yordamida aniqlanadi.
Ishni bajarisj tartibi:
1. Qo‘l muskullari kuchini aniqlashda tekshiriluvchi tik turib, qo‘lini yelka kengligigacha ko‘taradi.
2. Dinamometr qo‘l kaftiga qo‘yilib, kuchi boricha barmoqlar bilan qattiq qisiladi.
3. O‘lchash 2-3 marta takrorlanib, eng yuqori ko‘rsatkich kartada qayd etiladi (o‘ng va chap qo‘l kuchi alohida o‘lchanadi).
4. Bel muskullari kuchini aniqlash uchun tekshiriluvchi tik turib stanovoy dinamometrning pastki qismini ikki oyog‘i ostiga olib, yuqorigi qismini ikki qo‘li bilan ushlab, bor kuchi bilan yuqoriga tortadi.
5. Bel muskullari kuchini aniqlash 2-3 marta takrorlanib, eng yuqori natija kartaga yoziladi.



Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling