Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet39/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Qattiq bog‘lamlar.
Qattiq bog‘lamlarga shinali (taxtakachli), gipsli, kraxmalli bog‘lamlar kiradi.
Bu bog`lamlar quyidagi maqsadlarda qo`llaniladi:
1. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida: suyaklar singanda, bo`g`imlar chiqqanda
vaqtincha immobilizatsiya qilish uchun.Buning uchun shinalar (Kramer, Diterixs) va taxtachalar (tekis tayoq, faner karton va boshqalar) dan foydalaniladi.
2. Davolash maqsadida: suyaklarni to‘g‘ri bitishini ta’minlash uchun gipsli va kraxmalli bog‘lamlar qo‘llaniladi.
Yumshoq va qattiq bog‘lamlarning qo‘yilish usullari tasvirlangan rasm va jadvallar ko‘rsatib tushuntiriladi.
13-AMALIY MASHG’ULOT


REANIMATSIYA VA OG' RIQSIZLANTIRISH.


Mashg`ulotning maqsadi:
1. Reanimatsiya (jonlantirish) haqida tushuncha berish.
2. Og‘riqsizlantirish haqida tushuncha berish.
3. Mashg`ulotni bajarish tartibi bilan tanishtirish.
4. Mavzuga taalluqli jadvallar, rasmlar, mulyajlar, asboblar, yordamchi materiallarni ko`rsatib tushuntirish.


Ishni bajarish tartibi:
Reanimatsiya (jonlantirish).
Reanimatsiya – og‘ir, juda og‘ir holatdagi bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatish (uning hayotini saqlab qolish) demakdir. Yurak infarkti, miya insulti, avtotransport hodisalari, kuyish, zaharlanish, suvga cho‘kish, elektr toki urishi, pichoq, o‘q bilan jarohatlanishi va boshqa turdagi shikastlanish natijasida koma va shok holatiga tushib qolgan og‘ir holatlarda reanimatsiya (jonlantirish) usullari qo‘llaniladi.
Reanimatsiya usullari.
1.Kasallik va shikastlanishning turiga qarab bemorni uning uchun qulay vaziyatda yotqiziladi.
2. Bemorni es-hushi, nafas va yurak faoliyatining o‘zgarishiga qarab quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:
- nafas olish to‘xtagan bo‘lsa, sun’iy nafas (og‘izdan-og‘izga, og‘izdan-burunga) beriladi.
- kislorod yostig‘i va An-8 apparati yordamida sun’iy nafas berish usuli jadvallar, rasmlardan ko‘rsatib tushuntiriladi;
- yurak to‘xtagan bo‘lsa, massaj qilinadi (yurak sohasiga ikkala qo‘l kaftini ustma-ust qo‘yib to‘lqinsimon bosiladi);
- yurakni massaj qilishini jadvallar, rasmlardan ko‘rsatib tushuntiriladi;
- adrenalin 0,1 % - 1 ml yoki noradrenalin 0,1% - 1 ml yurak qorinchalariga yoki vena tomiriga yuboriladi.
3. Qon ketayotgan bo`lsa, uni to`xtatish choralari ko`riladi (qon oqishi mavzusiga qaralsin).
4. Suyaklar singan, bo`g`imlar chiqqanda taxtakachlanadi (suyak sinishi, bo`g`im chiqishi mavzusiga qaralsin).
5. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi va birinchi yordam ko`rsatilgach bemorni zudlik bilan shifoxonaga yuboriladi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling