Tibbiy bilim asoslari


Og‘riqsizlantirish haqida tushuncha


Download 156.32 Kb.
bet40/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Og‘riqsizlantirish haqida tushuncha.
Turli kasalliklar, shikastlanishlar davrida kichik va katta jarrohlik ishlarini amalga oshirish, yaralarni jarrohlik yo`li bilan tozalash, og`riq sezgisini bartaraf qilish uchun og`riqsizlantirish usulidan foydalaniladi.
Og‘riqsizlantirish umumiy va mahalliy turlarga bo`linadi. Umumiy og‘riqsizlantirish ya`ni narkozni bir necha turi mavjud.
1. Ingakyatsion narkoz.
2. Noingalyatsion narkoz.
Narkozni birinchi turi nafas yo`llariga gazsimon, bug`simon moddalarni yuborib hosil qilinadi.
Noingalyatsion narkozda dori moddalari vena tomiriga, muskul orasiga yuboriladi.
Ingalyatsion narkoz uchun efir, xloroform, xloetil, ftoratan, azot (II) oksidi, narsilen, siklopropan va boshqalar ishlatiladi.
Bemorga ingalyatsion narkoz berilganda quyidagi bosqichdan o`tadi:
Birinchi bosqich – mast bo`lish davri. Bu davrda bemorning ko`z oldi qorong`ilashadi, og`riq sezuvchanligi kamayib, keyin yo`qoladi. Tomir urishi va nafas olish tezlashadi, ko`z qorachig`i bir oz torayadi. Bu davrda kichik operatsiyalarni bajarish mumkin.
Ikkinchi bosqich - qo`zg`alish davri. Bu davrda ko`pincha bemor baqiradi, so`kinadi va hokazo.
Uchinchi bosqich - chuqur uyqu davri. Bunda sezuvchanlik butunlay yo`qoladi. Shu davrda operatsiya ishi o`tkaziladi.
To`rtinchi bosqich - uyg`onish davri. Bu davrning uzoqligi har xil bo`ladi (1 soatdan 3-4 soatgacha cho`zilishi mumkin).
Ingalyatsion narkoz esmarxning oddiy niqobi va zamonaviy narkoz apparatlari orqali (narkoz, narkoz-p, polinarkon, DP-8, PO-1, PO-3, PO-5 va hokazo) beriladi.
Noingalyatsion narkozda narkotik moddalar (geksenal, tiopental-natriy, pentonal) ni asosan vena tomiriga yuboriladi.
Ba`zan narkoz vaqtida asoratlar ro`y berishi mumkin:
1. Qo`rqish natijasida psixogen shok paydo bo`lishi (lyuminal ichiriladi, morfin in`yeksiya qilinadi).
2. Narkoz davrida qayt qilish (qusuq massa nafas yo`liga tushib qolishi xatarli). Bunda bemorni yonbosh qilib yotqizish va og`iz bo`shlig`ini qusuq massasidan tozalash lozim.
3. Tilni orqaga ketib qolishi (og`iz kengaytirgich bilan og`iz ochilib, til tutqich bilan tilni tutib turiladi).
4. Nafas olishni to`xtab qolishi (og`izdan-og`izga, og`izdan-burunga sun`iy nafas berish hamda silvestr va shifer usullaridan foydalaniladi).

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling