Tibbiy bilim asoslari
Nevroz kasalligida tibbiy yordam
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yordam.
- Nevrasteniya
Nevroz kasalligida tibbiy yordam.
Nevroz – oily nerv faoliyatining buzilishi tufayli vujudga keladigan kasallikdir. Nevrozlar 3 turda uchraydi: isteriya, nevrasteniya, psixosteniya. Isteriya - asosiy belgisi isteriya tutqanog`idir. Bu tusatdan boshlanib bemor qo`li bilan yuzini bekitib oladi. Qo`l-oyoqlari bilan tartibsiz harakat qiladi, yig`laydi yoki kuladi. Yuzida qo`rqinch hissi paydo bo`ladi, ba`zida nevrologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin (qo`l-oyoqlarning harakatsizlanishi, ya`ni parez va paralich qobiliyatining vaqtincha yuqolishi). Somato vegetativ buzilishlar yurak o`ynashi, nafas qisishi, ruhiy buzilishlar kuchli bezovtalanishi, ba`zida hushini vaqtincha yuqotishi, tutqanoq 10-20 daqiqa, ba`zan bir necha soat davom etishi mumkin. Tutqanoq o`tib ketgandan keyin bemor o`zida bo`lgan o`zgarishlarni nojuya harakatlarni to`liq eslab qololmaydi. Tibbiy yordam. 1. Bemor tushakka yotqiziladi. 2. Tinchlantiruvchi dorilar nazipam, fenazepam, rudatel, brom 3 % bir osh qoshiq, valeriana 20-30 tomchi ichiriladi. 3. Tutqanoq og`ir kechganda va tez-tez takrorlanib tursa bemor shifoxonaning nevrologiya bo`limiga yuboriladi. Nevrasteniya – asosiy sababi salbiy hayajon, qurquv, hayajonli kutishlar, ko`p xafa bo`lish, o`z ishidan qoniqmaslik, doimiy shoshilish, uyqu tartibining buzilishi, ruhiy zo`riqish, surunkali zararli odatlar (spirtli ichimliklar ichish, chekish) dir. Asosiy belgilaridan biri asab-ruhiy tizim faoliyatining kuchli qo`zg`alishidir. Asossiz xavotirlanish, arzimagan tanbehlarga tez jahli chiqishi, baqirish, so`kinish. Bemorning ruhiyati tushib yig`laydi. Ba`zan bemor tushkun holatda atrofga befarq, betoqat boshlagan ishining oxiriga yetkaza olmaslik, diqqatning zaiflashuvi, arzimagan shovqin, bemor fikrini chalg`itishi, uyqu, xotira buzilishi, tanada noxush sezgilar, yurak, kuraklar sohasida og`riq va bosh og`rishi, darmonsizlik. Tibbiy yordam. 1. Ish, dam olish, ovqatlanish, uyqu tartibiga qat`iy rioya qilish. 2. Uxlatuvchi va tinchlantiruvchi dorilar: brom preparatlari, elenium, nozepam, seduksin. 3. Organizmining umumiy quvvatini oshirish uchun: glyukoza 40 % 10-20 ml vena tomiriga, nikotin kislota 1% - 1ml. Vitaminlar B1, B6, B12 -1 ml kunora muskul orasiga, askorbin kislota 5 % - 2 ml muskul orasiga. 4. Jenshen, pantokrin, sepurinin preparatlari ichishga. 5. Fizioterapevtik muolajalar, sharko dushi, aylanma dush. 6. Ertalabki gimnastika, toza havoda sayr qilish, sport o`yinlari bilan shug`ullanish. 7. Depress 1 kapsuladan 1 marta, nitrozepam 1 tab. 1 marta kechda uyqudan oldin beriladi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling