Tibbiy bilim asoslari


Epilepsiya kasalligida tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet32/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Epilepsiya kasalligida tibbiy yordam
Epilepsiya - tirishish bilan kechadigan tutqanoqli kasallikdir.
Sababi. Bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi, shikastlanish va yuqumli kasalliklarni oqibatlari natijasida yuzaga keladi.
Belgilari. Tashqi ko‘rinishdan sog‘lom yurgan bola yoki odam to‘satdan hushini yo‘qotib yiqiladi. Uning og‘zi-burnidan ko‘pik ajraladi, tishlarini g‘ichirlatadi, oyoq-qo‘llari tirishib, tipirchilaydi, ko‘zlari orqaga ketadi, tilini tishlab olsa, og‘zidan qon oqadi.


Tibbiy yordam.
1. Bemorni yonbosh yotqiziladi.
2. Tilini tishlab shikastlanmasligi uchun tishlari orasiga bint o‘ralgan qoshiq dastasi qo‘yiladi.
3. Shpatel yoki temir qoshiq dastasi bilan tilni orqa tomoni bosib turiladi, chunki til orqaga ketib, nafas yo‘lini to‘sib qo‘yishi mumkin.
4. Rezina balloncha yordamida og‘iz - burundagi ko‘pik so‘rib olinadi yoki bint bilan artiladi.
5. Magneziy sulfat 25 % -5 ml, novokain 0,5 %-2 ml qo‘shib muskul orasiga yuboriladi.
6.Epilepsiya kasalligi bilan xastalangan bemor asab-ruhiy kasalliklar shifokorining nazoratida turadi.
- u doimiy ravishda benzonal, finlepsin (karbamazepin), geksamidin, glyuferol, trimetin tabletkalaridan birortasini yoki almashtirib qabul qilib turadi;
- shuningdek, miya faoliyatini yaxshilash uchun nootropil (piratsetam), aminolon, sinnarizin, pentogam tabletkalaridan birortasini navbat bilan qabul qilib turishi tavsiya etiladi;
- serebrolizin 1ml har kuni yoki kunora, 10-12 marta muskul orasiga yuboriladi (yiliga 1-2 marta).
Shizofreniya kasalligida tibbiy yordam
Shizofreniya – inson shaxsiyatini o‘zgarishi bilan kechadigan juda og‘ir, ruhiy kasallik.
Sababi. Nasldan-naslga berilad, shuningdek, narkotik moddalar bilan zaharlanish, miyaning shikastlanishi, qattiq ruhiy aziyat chekish, spirtli ichimliklar ichish natijasida yuzaga keladi.
Belgilari. Ko‘pgina bemorlarda shizofreniyaning yengil shakli uchraydi. Odamlar o‘zlarining kasalligini bilmasligi mumkin. Vaqti-vaqti bilan jahli chiqadi, atrofdagilar bilan janjallashadi. Hech kim bilan murosa qilmaydi, lekin sog‘ odamdek yashab yuraveradi. Odamlar ixtiyoriga zid ish tutadi. Ko‘pchilikni ig‘vo qiladi. Uning nazarida hamma unga itoat qilishi, izmida bo‘lishi kerak deb o`ylaydi.
Shizofreniyaning og‘ir shaklida bemor ruhiyati umuman buziladi, atrofidagi yaqin odamlarni ham tanimaydi, yoki ular dushmandek ko‘rinadi, ularni xaqoratlashi, shikast yetkazishi mumkin.
Tibbiy yordam.
1. Shizofreniya bilan xastalangan bemor psixiatr shifokorining nazoratida turadi.
2. Kasallikning yengil turida bemor uyida quyidagi dorilarni qabul qiladi:
- nitrozepam 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta;
- pirezalol 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta;
- inkazon 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta;
- aminazin, tizersin, frenolon birortasi kuniga 2 mahal ichiriladi.
3. Shizofreniyani og‘ir shaklida, kasallik xuruj qilganda bemor ruhiy kasalliklar shifoxonasida oylar-yillar davomida psixiatr vrach nazoratida uzluksiz davolanadi.



Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling