Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet33/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

10-AMALIY MASHG’ULOT


IMMUNITET VA EMLASH. DEZINFEKSIYA. DEZINSEKSIYA. DERATIZATSIYA.

Ish-1. Emlash usullari.


Kerakli jihozlar va materiallar: Vaksinalar, tuberkulin, igna, shprits, spirt, paxta, tomizgich, plakat, ishlatilgan igna va shprits solinadigan quti, mulyaj, mavzuga oid rasmlar va jadvallar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Vaksinalar bilan tanishtirish.Vaksinalar saqlanadigan ampulalar, flakonlar, ular yorlig’ining borligi, vaksina muddati, miqdori, ampula yoki flakonning darz ketmaganligi, ichidagi suyuqlikning oqmaganligi va unda ifloslanish belgilarining yo’qligi ko’zdan kechiriladi.
2.Og’iz orqali qo’llaniladigan sholga qarshi vaksinani tomizgich bilan qo’llash usuli ko’rsatiladi;
3.Teri ostiga yuboriladigan BSJ vaksinani yelkaning yuqori tashqi sohasiga yuborish usuli ko’rsatiladi.
4.AKDS, qizamiq (KPK), tepki vaksinalarini mushak orasiga yuborish usuli mulyajda ko’rsatiladi.
Ish -2. Mantu sinamasini qo’yish usuli.
Kerakli jihozlar va materiallar: Tuberkulin, igna, shprits, spirt, paxta.
Ishni bajarish tartibi:
1.Chaqaloqlarda BSJ vaksinasi Mantu sinamasi qo’yilmasdan yuboriladi.
2.Tug’ruqxonada chaqaloqqa BSJ vaksinasi yuborilmagan bo’lsa, chaqaloq 2 oylikka to’lgunga qadar BSJ Mantu sinamasi qo’yilmasdan yuboriladi; chaqaloq 2 oylikdan oshgach avval Mantu sinamasi qo’yiladi. 7 yoshda va 16-17 yoshda BSJ vaksinasi yuborishdan oldin Mantu sinamasi qo’yiladi. Agar sinama manfiy natija bersa, BSJ vaksinasi bolaga yuboriladi. Sinama ijobiy natija bersa, vaksina yuborilmaydi, u bola sil kasalliklari dispanseriga tekshiruvdan o’tish uchun yuboriladi.
3.Mantu sinamasini qo’yish usuli:
- tuberkulin solingan ampula ko’zdan kechiriladi;
- ampuladan bir grammlik shpritsga 0,1 ml tuberkulin olinadi;
- bola bilagining old sohasi terisini spirt bilan zararsizlantiriladi;
- tuberkulinni bola bilagining old sohasiga teri orasiga yuboriladi, bunda teri sathidan biroz ko’tarilib turuvchi papula (do’mboqcha ) paydo bo’ladi;
- har bir in`yeksiya uchun faqat bir marta ishlatiladigan shprits va ignalarni qo’llash zarur.O’zbekistonda hozirgi vaqtda rejali emlashlar faqat bir marta ishlatiladigan ignalar bilan bajarilmoqda.Bir marta ishlatiladigan shprits va ignalarning har biri foydalanilgandan keyin yo’q qilinishi shart;
- ishlatilgan materialni xavfsiz yo’q qilish. Ishlatilgan shprits va ignalarni qo’l yetadigan joyda, ochiq holda saqlash mumkin emas.Ular maxsus konteyner qutiga solinadi.Hozirgi vaqtda barcha emlash punktlari maxsus konteyner-quti bilan ta’minlangan.Qutilar mustahkam, teshilmaydigan, namlanmaydigan kartondan yasaladi.
Yuqori (800°C va undan ortiq) haroratda shprits va ignalarni kuydirish insineratsiya deb ataladi.



Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling