Tibbiy bilim asoslari
Nevralgiya kasalligida tibbiy yordam
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yordam.
- Radikulitda tibbiy yordam. Radikulit – orqa miyadan chiquvchi umurtqa atrofidagi nerv tolalarining yallig`lanishi. Sababi
Nevralgiya kasalligida tibbiy yordam
Nevralgiya – sezuvchi nerv tolalarining o`tkir yallig`lanishidir. Sezuvchi nerv tolalari ko`p bo`lib, shulardan bittasi uch boshli nerv nevralgiyasidir. Sababi. Shu nerv o`tadigan yuz suyak teshigining torayishi, shamollash, gripp kasalliklari infeksiyasi asorati bo`lishi mumkin. Belgilari. Yuz sohasida vaqti-vaqti bilan paydo bo`ladigan qisqa muddatli sanchiq (bir necha sekundan bir necha minutgacha) ko`rinishida o`tadigan kuchli og`riqlar. Og`riq bo`yin, yelka, ensa sohasiga tarqaladi. Og`riq xuruji ko`pincha ovqatlanayotganda, gaplashayotganda paydo bo`ladi. Bemor chaynashga qiynaladi, shuning uchun ovqatlanishdan bosh tortadi, og`riqdan uxlay olmaydi. Tibbiy yordam. 1. Bemor shifoxonaning nevrologiya bo`limida yoki uyida toshakda yotib davolanishi kerak. 2. Antibotiklar, eritromitsin 0,5-1-2 tabletkadan kuniga 4 marta, oletetrin 1 tabletkadan kuniga 4 marta, oleandomitsin 1 tabletkadan kuniga 4 marta, penistillin 1000000 TB kuniga 4 marta, ampitsillin 0,5 kuniga 3 marta, gentamitsin 80 mg kuniga 2 marta muskul orasiga (shulardan birortasi) og`riqqa qarshi analgin 1 ml, dimedrol 1 ml, novokain 2 ml muskul orasiga, og`riq pasayganda aspirin yoki butadion 1 tabletkadan kuniga 2 marta, ibubrufen 1 tabletkadan kuniga 3 marta. 3. Vitaminlar B1, B2, B6, B12, nikotin kislota - 1 ml musul orasiga. 4. Prozerin 1 ml teri ostiga, galantamin 2 ml muskul orasida. 5. Fizioterapevtik muolajalar UVCh, diametriya, parafin, azokrit, elektrofarez. 6. Bemor uyida davolanganida nevropatolog shifokori nazorati ostida bo`lishi lozim. Radikulitda tibbiy yordam. Radikulit – orqa miyadan chiquvchi umurtqa atrofidagi nerv tolalarining yallig`lanishi. Sababi. Shamollash, shikastlanish, og`ir yuk ko`tarish, qaltis va noqulay harakatlar. Belgilari. Joylashuviga qarab, bo`yin, bo`yin-ko`krak, bel, dumg`aza, radikulitlari farq qilinadi. Bel-dimg`aza radikulitining asosiy belgisi og`riq va harakatning qiyinlashuvi. Og`riq doimiy bo`lib, harakat davrida kuchayadi. Og`riq asosan bel sohasida bo`ladi va u son, boldir sohalariga, tovonga tarqalishi mumkin. Og`ir hollarda bemor nafaqat yuraolmasdan qolmasdan balki to`shakda o`z holatini o`zgartirishga ham qiynaladi. Sovuq havoga sezgirligi kuchayadi, tik turganda va o`tirganda og`irligini sog` tomonga tashlaydi. Tibbiy yordam. 1. Bemor shifoxonaning nevrolgiya bo`limida yoki uyida issiq sharoitda to`shakda yotib davolanishi kerak. 2. Og`riqni qoldirish uchun alagin 50 %-1-2 ml, 0,5 %-2 ml novokain muskul orasiga, baralgin 5 ml muskul orasiga yoki vena tomiriga, aspirin 0,5-1-2 tabletkadan kuniga 3 marta, butadion 0,15 – 1 tabletkadan kuniga 3 marta, reopirin 5 ml muskul orasiga yoki diklofenan 3 ml muskul orasiga. 3. Antibiotiklar va fizioterapevtik muolajalar nevrit va nevralgiyadagidek. 4. Biogen stimulyatorlar, aloe 1 ml steklovidnoye telo 2 ml, gumizol 2 ml muskul orasiga. 5. Novokain 0,5 % -10 ml og`riqli nuqtalarga paravertibral qilinadi. 6. Bemor uyida davolansa nevropatolog shifokor nazorati ostida amalga oshiriladi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling