Tibbiy bilim asoslari


Nevralgiya kasalligida tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet29/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Nevralgiya kasalligida tibbiy yordam
Nevralgiya – sezuvchi nerv tolalarining o`tkir yallig`lanishidir. Sezuvchi nerv tolalari ko`p bo`lib, shulardan bittasi uch boshli nerv nevralgiyasidir.
Sababi. Shu nerv o`tadigan yuz suyak teshigining torayishi, shamollash, gripp kasalliklari infeksiyasi asorati bo`lishi mumkin.
Belgilari. Yuz sohasida vaqti-vaqti bilan paydo bo`ladigan qisqa muddatli sanchiq (bir necha sekundan bir necha minutgacha) ko`rinishida o`tadigan kuchli og`riqlar. Og`riq bo`yin, yelka, ensa sohasiga tarqaladi. Og`riq xuruji ko`pincha ovqatlanayotganda, gaplashayotganda paydo bo`ladi. Bemor chaynashga qiynaladi, shuning uchun ovqatlanishdan bosh tortadi, og`riqdan uxlay olmaydi.
Tibbiy yordam.
1. Bemor shifoxonaning nevrologiya bo`limida yoki uyida toshakda yotib davolanishi kerak.
2. Antibotiklar, eritromitsin 0,5-1-2 tabletkadan kuniga 4 marta, oletetrin 1 tabletkadan kuniga 4 marta, oleandomitsin 1 tabletkadan kuniga 4 marta, penistillin 1000000 TB kuniga 4 marta, ampitsillin 0,5 kuniga 3 marta, gentamitsin 80 mg kuniga 2 marta muskul orasiga (shulardan birortasi) og`riqqa qarshi analgin 1 ml, dimedrol 1 ml, novokain 2 ml muskul orasiga, og`riq pasayganda aspirin yoki butadion 1 tabletkadan kuniga 2 marta, ibubrufen 1 tabletkadan kuniga 3 marta.
3. Vitaminlar B1, B2, B6, B12, nikotin kislota - 1 ml musul orasiga.
4. Prozerin 1 ml teri ostiga, galantamin 2 ml muskul orasida.
5. Fizioterapevtik muolajalar UVCh, diametriya, parafin, azokrit, elektrofarez.
6. Bemor uyida davolanganida nevropatolog shifokori nazorati ostida bo`lishi lozim.
Radikulitda tibbiy yordam.
Radikulit – orqa miyadan chiquvchi umurtqa atrofidagi nerv tolalarining yallig`lanishi.
Sababi. Shamollash, shikastlanish, og`ir yuk ko`tarish, qaltis va noqulay harakatlar.
Belgilari. Joylashuviga qarab, bo`yin, bo`yin-ko`krak, bel, dumg`aza, radikulitlari farq qilinadi. Bel-dimg`aza radikulitining asosiy belgisi og`riq va harakatning qiyinlashuvi. Og`riq doimiy bo`lib, harakat davrida kuchayadi. Og`riq asosan bel sohasida bo`ladi va u son, boldir sohalariga, tovonga tarqalishi mumkin. Og`ir hollarda bemor nafaqat yuraolmasdan qolmasdan balki to`shakda o`z holatini o`zgartirishga ham qiynaladi. Sovuq havoga sezgirligi kuchayadi, tik turganda va o`tirganda og`irligini sog` tomonga tashlaydi.
Tibbiy yordam.
1. Bemor shifoxonaning nevrolgiya bo`limida yoki uyida issiq sharoitda to`shakda yotib davolanishi kerak.
2. Og`riqni qoldirish uchun alagin 50 %-1-2 ml, 0,5 %-2 ml novokain muskul orasiga, baralgin 5 ml muskul orasiga yoki vena tomiriga, aspirin 0,5-1-2 tabletkadan kuniga 3 marta, butadion 0,15 – 1 tabletkadan kuniga 3 marta, reopirin 5 ml muskul orasiga yoki diklofenan 3 ml muskul orasiga.
3. Antibiotiklar va fizioterapevtik muolajalar nevrit va nevralgiyadagidek.
4. Biogen stimulyatorlar, aloe 1 ml steklovidnoye telo 2 ml, gumizol 2 ml muskul orasiga.
5. Novokain 0,5 % -10 ml og`riqli nuqtalarga paravertibral qilinadi.
6. Bemor uyida davolansa nevropatolog shifokor nazorati ostida amalga oshiriladi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling