Tibbiy bilim asoslari
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Tibbiy yordam.
9-AMALIY MASHG’ULOT
NERV-ENDOKRIN TIZIMI KASALLIKLARIDA VA KIMYOVIY MODDALARDAN ZAHARLANISHDA TIBBIY YORDAM. Mashg`ulotning maqsadi: 1. Nerv tizimi kasalliklari haqida tushuncha berish. 2. Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi. 3. Mavzuga taalluqli jadvallar, tablitsa, plakat, rasmlar, mulyajlar, dori-darmonlar (reopirin, analgin, diklofenan, aloe, gumizol, vitamin B1, B12, askorbin kislota, urotropin, dimedrol, barbital, fenobarbito, seduksin, benzanol, geksamidin) va yordamchi jihozlarni ko`rsatib tushuntirish. Ishni bajarish tartibi: Nevrit kasalligida tibbiy yordam Nevrit - periferik nerv tolasining yallig‘lanishi. Sababi. Angina, difteriya, quloqning yallig`lanish kasalliklari (otit), zotiljam, plevrit, bug`ma kasalliklaridan keyin yuzaga chiqishi mumkin. Belgilari. Qaysi nerv tolasi yallig‘langan bo`lsa, shu sohada o`zgarishlar vujudga keladi, ya`ni nerv tolalarining sezuvchi va harakatlantiruvchi tarmoqlarining me`yoriy faoliyati buziladi. Natijada sezuvchanlikni pasayishi yoki kuchayishi alomatlari, harakatning ham pasayishi yoki buzilishi belgilari sodir bo`ladi. Masalan, son nervi yallig‘lansa, son va boldirning oldingi yuzasida og‘riq, oyoqni bukish va yozish, zinada yurish, sakrash, o‘tirib-turish qiyinlashadi. O’tirg`ich nervi yallig‘lansa, bel va oyoqni orqa sohasida og‘riq bo‘ladi, o‘tirib-turish qiyinlashadi. Tibbiy yordam. Bemor tinch vaziyatda yotib davolanish tavsiya etiladi. Yallig`langan nerv sohasiga issiq grelka qo`yish mumkin. Antibotiklardan penitsillin kuniga 4 marta mushak orasiga reopirin yoki pirabutal 2-5 ml mushak orasiga, aspirin tabletkasi ichish uchun buyuriladi. Shifokor maslahati bilan UVCh (Ultra yuqori chastota) li tok har kuni 5-10 daqiqadan 10-12 marta qo`yiladi. Parafin har kuni yarim soat yallig`langan nerv sohasiga qo`yiladi. Kamida 10 kun davomida shifoxonaning nevrologiya bo`limiga yotqiziladi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling