Tibbiy bilim asoslari
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
2-AMALIY MASHG’ULOT
Bemorning tana harorati, tomir urishi, arterial qon bosimi va nafas tezligini aniqlash 1-Ish. Bemorning tana haroratini o'lchash. Jihozlar: Tibbiy (selsiy) termometri, spirt, paxta, bint, suv, sochiq, bemor yoki tajriba olib boruvchi manbaa, ko'rgazmali qurollar. Ishni bajarish tartibi. l.Termometr butunligi tekshirilib, ishlatishdan avval simobi silkitilib pastga 35°C gacha tushurilad. 2.Qo'yiladigan soha va termometr quruq paxta va yoki bint bilan artiladi. 3.Termometrning simobli (ingichka) tomoni qo'yiladi. 4.Tana haroratini o'lchash 7-10 daqiqa davom etadi. 5.Termometr olinib, unda ko'rsatilgan raqam kasallik varaqasiga yozib qo'yiladi. 2-lsh. Tomir urishni aniqlash. Jihozlar: sekundomerli soat, sochiq, sovun, jadvallar. Ishni bajarish tartibi: 1.Bemor tinch qulay vaziyatda o'tiradi yoki yotadi. 2.Bemorning chap yoki o'ng qo'li bilagining ichki pastki yuzasidagi arteriya qon tomiriga tekshiruvchi 3 ta barmog'ining uchini qo'yib 30 sekund davomida tomir urishini sanaydi va 2 ga ko'paytirganda 1 daqiqadagi tomir urish soni aniqlanadi. 3.Normada tinch holatda sogiom odamda tomir urishi 1 daqiqada 66-72 marta bo'ladi. 3-Ish. Arterial qon bosimni o'lchash Jihozlar: Simobli (Riva-Rochchi), prujinali yoki strelkali (monometrli) tonometr, fonendoskop, sekundomerli soat, sochiq, sovun, iliq suv, jadval. Ishni bajarish tartibi. 1.Bemor tinch va qulay holatda o'tiradi yoki yotadi. 2.Tonometrning rezinali manjeti yelka, bilak, tirsak bo'g'imining yuqori qismiga o'raladi. 3.Rezina ballonchani qisish yo'li bilan manjet ichiga havo yuboriladi, monometr strelkasi 200-300 mm simob ustunigachayetkaziladi. 4.Tekshiruvchi fonendoskopning bir tomonini qulog'iga, ikkinchi tomonini bemor tirsak bo'g'imining (ichki) chuqurchasi (bilak arteriyasi) ga qo'yib ballondagi vintel (kran) ni biroz ochib manjetdagi havo sekinlik bilan chiqariladi. 5.Bundan sfegmomonometr simobi yoki tonometr strelkasining pasayishi kuzatiladi. Havoni chiqarish davom ettiriladi. 6.Fonendoskopda yurak urishining tovushi quloqga eshitilishi bilanoq, simob ustuni yoki strelkaga qaraladi. Aniqlangan raqam yuqori (maksimal) arterial bosim deyiladi. U normada 110-130 mm/simob ustuniga teng bo'ladi. 7.Havoni chiqarish va yurak urishi tovushini eshitish davom ettiriladi. 8.Yurak urish tovushi quloqga eshitilmay qolishi bilanoq, simob ustuni yoki strelkaga qaraladi va aniqlangan raqam pastki (minimal) arterial bosim deyiladi. U normada 70-90mm simob ustuniga teng bo'ladi. 4-Ish. Nafas sonini aniqlash Jihozlar: Bemor yoki tajriba olib boruvchi manba, sochiq, mavzuga oid ko'rgazmali o'quv qurollari, sekundomerli soat. Ishni bajarish tartibi. 1.Bemor qulay vaziyatda tinch yotgan yoki o'tirgan holatda bo'ladi. 2.Odatda o'g'il bola va erkaklar qorin bo'shlig'i bilan, qizlar va ayollar esa ko'krak qafasi bilan nafas oladilar. Shuning uchun erkaklarda qorin devorining, ayollarda ko'krak qafasining harakatlanishini sanash orqali nafas olish soni aniqlanadi. 3.Buning uchun erkaklarda qorinni, ayollarda esa ko'krak qafasini har bir nafas olganda va chiqarganda ko'tarilish va pastga tushish harakatlari bir daqiqa davomida bemorga sezdirmasdan sanaladi. Chunki, bemor o'z ixtiyori bilan nafasni tezlashtirish yoki sekinlashtirishi mumkin. 4.Normada tinch holatda sog'lom odamda nafas olish soni 1 minutda 16-22 marta. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling