Bemorlarni sub`yektiv va ob`yektiv tekshirish usullari. Bemorni amaliy, rentgen, ekg (elektrokardiogramma) usullari yordamida tekshirish.
Mashg`ulotning maqsadi:
1. Bemorlarni kasalligini aniqlashda, so`rab surishtirish, ko`zdan kechirish, qo`l bilan paypaslash, tukillatib urib ko`rish va eshitib ko`rishning texnikasi, uning ahamiyati to`g`risida tushuntirish.
2. Mashg`ulotni bajarish tartibi.
3.Mavzuga taalluqli jadvallar, tablitsa, plakat va rasmlar, asbob-uskunalar, jihozlarni ko`rsatib tushuntirish.
Ishni bajarish tartibi:
Bemorlarni tekshirish usullari. Bemorlarni ikki usulda tekshiriladi: sub`yektiv va ob`yektiv tekshirish usullari.
Bemorni sub`yektiv tekshirish usuli.
Sub`yektiv tekshirish - bemorlarning shikoyatini tinglash, bemorni bezovta qilayotgan kasallik belgilarini aniqlash.Kasallik tarixini o'rganib mazkur kasallik qachon boshlandi, uning yuzaga kelishiga nimalar sabab bo'ldi, bemorning hayotiy tarixini o'rganish, bemor bundan oldin qanday kasallik bilan xastalanganligi, uning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillarida irsiy kasalliklar bor-yo'qligi aniqlanadi.
Bemorni ob`yektiv tekshirish usullari.
Bemorni ob'yektiv tekshirishda quyidagi masalalar aniqlanadi:
1.Ko`zdan kechirish (osmotr) - bemorning umumiy ahvoli, es-hushi, tashqi qiyofasini aniqlash:
- shifokor bemorning tashqi qiyofasiga sinchkovlik bilan nazar tashlab, uning umumiy ahvolini qoniqarli, o'rtacha og'ir, og'ir, juda og'ir holatda deb baholaydi va kasallik daftariga yozadi;
- bemorning es-hushida o'zgarish bor yo'qligi aniqlanadi.Es-hushi saqlangan, es-hushi o'zgaruvchan, karaxt, es-hushi yo'qolgan;
- bemor terisining rangi (normal, sarg'aygan, qizargan), terisi toza yoki toshmalar, yaralar, jarohatlar bor-yo'qligi aniqlanadi;
- bemorning qaddi-qomati normal yoki uning buzilganligi (kifoz, lordoz, skolioz) aniqlanadi.
2.. Bemorni paypaslash.
- tekshiruvchi kafti va barmoqlari bilan bemor tanasini turli sohalarini paypaslab, og'riq bor-yo'qligini, jigar, taloq kattalashgan-kattalashmaganligini, qorin bo'shlig'ida o'zgarishlar borligini aniqlaydi;
- terida shish bor-yo'qligi (shish bo'lsa barmoq bilan bosilgan joyda chuqurcha paydo bo'ladi) aniqlanadi;
- bo'yin, qo'ltiq va chov sohalaridagi limfa tugunlarini hajmi (yallig'lanish bo'lsa limfa tugunlari kattalashadi, paypaslaganda og'riydi) aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |