Tibbiy bilim asoslari


Gipertonik kriz holatida tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet14/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Gipertonik kriz holatida tibbiy yordam.
Bemorning boshini baland qilib yotqiziladi, arterial qon bosimini o'lchab, uning qanchalik oshganligi aniqlanadi va shunga ko'ra tadbirlar ko'riladi. Bemorni boshiga sovuq kompress, oyoqlariga issiq grelka qo'yiladi. Mushak orasiga 1 ml laziks yuboriladi. Shuningdek, qon bosimini tushiruvchi dorilardan adelfan 1 tabletka yoki klofelin 1 tabletka (yoki 1 ml muskul orasiga) beriladi. Iloji boricha magneziy sulfat 25 % 10 ml vena tomiriga yoki 5-10 ml va 2 ml novokain qo`shib muskul orasiga yuboriladi. Shuningdek, elinium 2,4 % li 10 ml vena tomiriga yuboriladi. 0,9 % li natriy xlorid 5-10 ml kaventon 4 ml qo`shib vena tomiriga, strofantin yoki korglyukon 0,4-1 ml glyukoza 5 % -20 ml qo`shib vena tomiriga, yurak sohasiga kuchli og`riq bo`lsa fentanil, reperidol 2-4 ml 20 ml glyukoza bilan yuboriladi. Shifokor maslahati bilan 2 %-2 ml papaverin, 1 %-2 ml dibazol va 1 %-1ml dimedrol qo'shib muskul orasiga yuboriladi. Davolash uzoq vaqtni talab etadi.
Gipotoniya kasalligida tibbiy yordam.
Gipotoniya arterial qon bosimining me`yoridan past bo`lishidir.
Sababi. Ko'p qon yo'qotish, og'ir kechgan yuqumli kasalliklar, o'ta charchash, och qolish, mehnatdan zo'riqish.
Belgilari. Bosh aylanishi, boshning ensa sohasida og'riq, ko'z oldi qorong‘ilashuvi, yurak sohasida og'riq, yurganda, harakatlanganda tez charchash, terlash, yurak o'ynashi.
Tibbiy yordam.
1. Arterial qon bosimi o'lchanib, uning qancha past ekanligi baholanadi.
2. Kasallik sabablarini aniqlab, ularni bartaraf qilish haqida bemorga maslahat beriladi.
3. Vitamin B12, 100-200 mkg muskul orasiga kuniga 1 mahal yoki kunora jami 7-10 marta.
4. Vitamin B1 1 ml muskul orasiga, jami 10-15 marta.
5. 1 % - 0,3-1 ml mezaton teri ostiga yuboriladi.
6. Kofein 1-2 ml dan teri ostiga yuboriladi.
Stenokardiya (ko'krak qisishi yoki yurak qisishi) kasalligida tibbiy yordam
Stenokardiya – yurakning koronar (toj) arteriya qon tomirlaridan birontasining vaqtincha torayib, qisilib qolishi natijasida yuzaga keladigan kasallik.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling