Tibbiy bilim asoslari


Gipertoniya (xafaqonlik kasalligi) da tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet13/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Gipertoniya (xafaqonlik kasalligi) da tibbiy yordam.
Xafaqonlik kasalligiyurak tomirlar, endokrin tizimi, buyrak va siydik chiqaruv yo`llaridagi organik o`zgarishlarga bog`liq bo`lmagan holda arterial qon bosimining uzoq vaqt birlamchi ko`tarilib turishidir.
Arterial qon bosimining ham sistolik ham diastolik ko`tarilishi buyrak usti bezlarida o`sma paydo bo`lganda, ensefalitda, polimiyelitda, miya chayqalishida, buyrak va siydik chiqaruv yo`llari kasalliklarida, moddalar almashinuvi buzilishlarida kuzatiladi.
Belgilari. Kasallikning boshlang`ich davrida bemorlarda tez o`tib ketuvchi bosh og'rig`i, bosh aylanishi, uyqusizlik, tez charchash va darmonsizlik belgilari seziladi. Keyinchalik yurak-tomir tizimida organik o`zgarishlar paydo bo`lib, arterial bosimining ko`tarilishi doimiy bo`lib qoladi.
Tibbiy yordam.
Dam olish, uxlash va ovqatlanishni rejim asosida olib borish, asabiga salbiy ta`sir etuvchi voqealarni bartaraf etish, vrach terapevt – nazoratida bo`lib dori-darmon qabul qilishlari lozim.
Gipertonik krizda tibbiy yordam.
Sababi. Uzoq vaqt g`am chekish, hayajonlanish, spirtli ichimliklarni ko'p iste'mol qilish, kashandalik, buyrakning surunkali kasalliklari, bosh miya shikastlanishlari.


Belgilari. Maksimal arterial qon bosimi 130 mm.sim.ust.dan yuqori (150-200 mm.sim.ust.dan), minimal arterial qon bosimi 80 mm.sim.ust.dan yuqori (90-110 mm.sim.ust.
gacha undan ham yuqori) bo`ladi.Bosh og`rishi, ko'z tinishi, quloqlarni g'uvullashi, boshda og'riq sezishi, yurak sohasida noxush sezgilar, tez charchash, ish qobiliyatini pasayishi, jahldorlik, gipertoniyaning o'z vaqtida davolamaslik, birdaniga o'ta hayajonlanish, gipertoniyaning eng og`ir asoratlaridan biri kriz holatini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Tibbiy yordam.
Gipertoniya kasalligi bilan og`rigan bemorga kun tartibiga rioya qilish, og`ir mehnat bajarmaslik, ya`ni zo`riqmaslik, tungi uyqu 8 soatdan kam bo`lmasligi, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari qabul qilmaslik, turli taomlarni iste`mol qilmaslik, kunlik tuz miqdori 3-4 grammdan oshmasligi kerak. Arterial qon bosimi ko`tarilgan paytlarda papazol, raunatin, adelfan tabletkalaridan birortasi 2-3 marta qabul qilinadi. Havoning bulutli, shamol kunlari iloji boricha uyda bo`lishi va tabletkalardan birortasi qabul qilinadi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling