Tibbiy bilim asoslari
O'pkadan qon ketganda tibbiy yordam
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bronxial astma kasalligi xurujida tibbiy yordam. Bronxial astma
- Tibbiy yordam.
O'pkadan qon ketganda tibbiy yordam
O'pkadan qon tupirish va qon ketishi - o'pka sili, o'pka gangrenasi, o'pka saratoni (raki), bronxoektaziya kasalliklarida va o'pka jarohatlanganda sodir bo'ladi. Belgilari.Qon tupurganda balg'am qon aralash chiqadi, o'pkadan qon ketishida bemorning og'zi-burnidan qon oqadi. Tibbiy yordam. 1. Bemor qulay vaziyatda boshini baland qilib yotqiziladi. 2. Qattiq yo'tal tutganda libeksin tabletkasi ichiriladi. 3. Kalsiy glyukonat tabletkasi yoki 10% kalsiy xlor 1 osh qoshiq ichishga. 4. Ko'krak sohasiga muzli xaltacha qo'yiladi.Vikasol 1 tabletka ichiriladi yoki 1 ml muskul orasiga yuboriladi.Aminakapron kislota 2-3 gr kukuni 100 ml issiq shirin choyga eritib 1 osh qoshiqdan kuniga 2-3 mahal ichiriladi. 5. Qon oqishi to'xtamasa vrach maslahati bilan 10 % kalsiy xlor yoki 10 % kalsiy glyukonat -5-10 ml eritmasi vena tomiriga yuboriladi. Aminakapron kislota 5 %-100 ml 0,9 %-natriy xloridda eritilib vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi (kuniga 1-2-3 martagacha 4-5 kun davomida). Bronxial astma kasalligi xurujida tibbiy yordam. Bronxial astma –har xil allergik moddalar (oziq-ovqat, dori, o`simlik, chang, somon, jun, infeksiyalar) asosida yuzaga keladi. Bronxial astma kasalligi (yunoncha - halloslash, bo`g`ilish) allergik xususiyatga ega bo`lib, insonlarning 0,5-1 % i ushbu kasallikdan jabr tortmoqda. Organizmda allergiya paydo qilib nafas yo`llarining maxsus kasalligiga allergiyaga olib boruvchi omillar (allergenlar tashqi muhitdan tushishi ekzogen allergenlar) yoki organizmning o`zida bo`lishi mumkin. (endogen shakli). Belgilari. Kasallik nafas bo`g`ilishi xurujlari bilan kechadi, xuruj ko'pincha kechasi boshlanib, bolalar nafas olishning qiyinlashganini sezib qo`rquvdan uyg`onib ketadilar. Bemorning ko`zlari katta-katta ochilib, lab-burun uchburchagi ko'karadi, u shovqinli nafas oladi. Xuruj oxirida yo'tal tutadi va yopishqoq, shilimshiq balg'am ajraladi. Xuruj yarim soatdan 2-3 soatgacha davom etishi mumkin, ba'zida xuruj kuniga bir necha marta takrorlanadi. Kasallikni davolashda bemorning umumiy ahvoli, kasalligining og`ir yengilligiga qarab allergolog vrach batafsil davo ishlari olib boradi. Tibbiy yordam. Iloji boricha allergen mahsulotlarni bartaraf etish, bemorning oyoqlariga vanna qilish, burun bo`shlig`iga efedrin tomizish, bronxlarni kengaytiruvchi eufillin, antiastman va organizm sezuvchanligini pasaytirish uchun dimedrol, suprastin, pipolfen dorilaridan buyuriladi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling