Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet7/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

3. Bemorni eshitish (auskultatsiya).
- tekshiruvchi fonendoskopni qulog'iga qo'yib bemor o'pkasini eshitadi, sog'lom odam nafas olganda normada «F» tovushiga o'xshash tovush eshitiladi. Nafas yo'llari o'pka kasalliklarida quruq xirillashlar (hushtak chalgandagi tovushga o'xshash) yoki ho'l xirillashlar (sovun ko'pigi yorilishidek, qorni bosganda g'ichirlashdek tovush) eshitiladi.
- yurak tonlarini yurak uchidan (chap ko'krak bezi ostida), chap tomondan to'rtinchi qovurg'ani to'sh suyagiga birikish joyida, ko'krak qafasining o'ng va chap tarafida ikkinchi qovurg'a oralig'ida, to'sh suyagining pastki sohasida eshitiladi.
- miokardit, miokard infarkti kasalliklarida yurak tonlarining oralig'i bir xil bo'lmasligi aniqlanadi.
Bemorni tekshirishda qo'llaniladigan yordamchi usullar
Tibbiyot amaliyotida qo'llaniladigan rentgen, EKG, EEG, UTT, amaliy kabi qo'shimcha usullari haqida tushuncha beriladi.
- Rentgen yordamida ko'krak qafasi, qorin bo'shlig'ida joylashgan a`zolarda yallig'lanish, yaralar, o'smalar, bosh miyada shish bor-yo'qligi, suyaklar singani, bo'g'imlar chiqqani aniqlanadi;
-EKG asbobi yordamida yurak faoliyati maxsus lentaga yozib olib o'rganilishi tushuntiriladi;
- EEG (Exo ensefolografiya) asbobi yordamida bosh miya nerv hujayralari faoliyati maxsus lentaga yozib olinib o'rganiladi;
- UTT (ultra tovush tekshiruvi) asbobi yordamida qorin bo'shlig'idagi a`zolar (jigar, taloq, buyrak, jinsiy bezlar) dagi o'zgarishlar aniqlanadi;
- amaliy tekshiruvida klinik, biokimoviy, bakteriologik, virusologik usullar qo'llanishi haqida tushuncha beriladi.
Bemorni rentgenda tekshirish.
Bemorni rentgenda tekshirish tashxis qo`yishda ahamiyatga ega. Ichki a`zolar, yurakning katta - kichikligi, shakli va chegarasining o`zgarishi to`qimalarda bo`lgan patologik o`zgarishlar, shuningdek, suyak singanligi, bo`g`imlar chiqqanligi rentgenda aniqlanadi.
Rentgetnodiagnostika ikki xil usulda-rentgetnoskopiya va rentgenografiya usulida ko`rnishidir.
Rentgenografiya – a`zolar suratini rentgen nuri yordamida fotoplyonkaga ko`chirishdir. Suyakni singan sinmaganligini yoki buyrakda hosil bo`lgan organik toshlarni faqat rentgenografiya yordamida aniq va ravshan ko`rish mumkin.
Rentgenoskopiya yordamida tananing barcha a`zolarini, barcha ichki a`zolarni o`pka, yurak, me`da ichaklarni holatini aniqlash mumkin.



Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling