Tibbiy bilim asoslari
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
4-AMALIY MASHG’ULOT
DORILARNI QO`LLASH USULLARI. BEMORLARNI SUB`YEKTIV VA OB`YEKTIV TEKSHIRISH USULLARI. BEMORNI AMALIY, RENTGEN, EKG (ELEKTROKARDIOGRAMMA) USULLARI YORDAMIDA TEKSHIRISH. Dorilarni organizmga in'yeksiya yo'li bilan yuborish usullari, uning turlari teri: orasiga, teri ostiga, muskul ichiga, vena qon tomiriga. 1-lsh.Teri orasiga in'yeksiya qilish Jihozlar: Shprits, igna, spirt, paxta, sochiq, dorilar, bint, tajriba olib boruvchi manba, ko'rgazmali qurollar. Ishni bajarish tartibi: Teri orasiga in'yeksiya sil kasalligi yuqqanligini aniqlashda "Mantu" sinamasi qo'yish uchun qo'llaniladi. 1 ml lik shpritsga 0,1ml miqdorida tuburkulin tortilib, bilakning ichki o'rta qismi spirt bilan artiladi. O'ng qo’lda shprits va chap qo'l bilan teri tortilib, igna 15°-20° ostida teri orasiga sanchiladi. Terming shox qatlami tagigagina o'tgan ignadan shpritsdagi tuburkulin yuboriladi. Terida limon po'chog'i ko'rinishida bo`lgan oqish dumboqcha paydo bo'ladi. Chap qo'ldagi spirtga namlangan paxta bilan igna sanchilgan joy bosilib igna chiqarib olinadi. 2-Ish. Teri ostiga in'yeksiya qilish Jihozlar: Shprits, igna spirt, paxta, sochiq, dorilar, bint, fontom. Ishni bajarish tartibi: 1.1-2 ml lik shpritsga dori (aloyi, vitaminlar, kofein, kamfora) tortilib, teri (yelka, kurak osti, qorin devori) spirt bilan artiladi. 2.Chap qo'l bilan teri asosi pastga qarab turadigan uchburchak shaklida burma qilib ushlanadi. O'ng qo’lga shpritsni olib, uchburchak asosiga 45° gradus burchak ostida 1 sm chuqurlikka sanchiladi. 3.Ignaning uchi terini teshib o'tib, teri osti to'qimasiga tushganiga ishonch hosil qilgandan so'ng, asta-sekin eritma yuboriladi. 4.So'ngra, chap qo'ldagi spirtga hoilangan paxta bilan igna sanchilgan joy sekin bosilib igna chiqarib olinadi. 3-Ish. Muskul orasiga in'yeksiya qilish Jihozlar: Shprits, igna, spirt, paxta , dorilar, sochiq, bint, fontom, rasm. Ishni bajarish tartibi: 1.Shprits tayyorlanib, dori (antibiotik) eritilib to'ldiriiadi. 2.Dumbani taxminan 4 ga bo'lib, yuqori tashqi qismi spirt bilan artiladi. Shprits o'ng qo'lning 1-2-barmoqlari orasiga ushlanib, 3-barmoq igna muftasida turadi. 3.Shpritsni spirt bilan artilgan joyiga tik sanchiladi. 4.Igna muskulga sanchilgandan so'ng (shprits o'ng qo'l bilan ushlanadi), chap qo`lning 1-2-3 barmoqlari bilan porshinni bosib dori yuboriladi. 5.So'ngra, igna chiqarib, in'yeksiya joyi spirtga botirilgan paxta bilan sekin bosilib massaj qilinadi. 4-Ish. Vena qon tomiriga in'yeksiya qilish. Jihozlar: Shprits, igna, spirt, ampuladagi (glyukoza, magniziy sulfat, riboksin, novokain), paxta, dorilar, sochiq, yostiqcha, sistema, qayish, bint, rasm. Ishni bajarish tartibi: 1.Tayyorlangan shpritsga dori (glyukoza) olinib, yelkaning o'rta qismi jgut bilan bog'lanadi. 2.Tirsak bo'g'umi tagiga yostiqcha qo'yilib, qo'l panjalari harakatlantiriladi. Bilak vena tomiri burtib chiqqach, panjani mahkam yopib, spirtga ho'llangan paxta bilan artiladi va barmoqlarni qisib turish bemordan so'raladi. 3.Havosi chiqarilgan shprits ignasi 15° -20° ostida tomirga sanchilib, porshin tortib ko'riladi, qon shprits ichida ko'rilgach, tasma yechiladi, panjalar ochiladi va shpritsdagi dori sekinlik bilan yuboriladi. 4.Dori yuborilgach igna olinib, joyiga spirt bilan namlangan paxta qo'yib, bo'g'um bukib qo'yiladi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling