Tibbiy bilim asoslari
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Belgilari.
- Faringit va laringit kasalligida tibbiy yordam Faringit
- tana
5-AMALIY MASHG’ULOT
NAFAS VA YURAK-TOMIR A'ZOLARI KASALLIKLARIDA TIBBIY YORDAM. Mashg`ulotning maqsadi: 1. Nafas olish a`zolari kasalliklari haqida tushuncha berish. 2. Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi. 3. Mavzuga taalluqli jadvallar, tablitsa, rasm va mulyajlar, dori-darmonlar (antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari guruhlariga taalluqli) va yordamchi jihozlarni (shprits, igna, spirt, paxta) ko`rsatib tushuntirish. Ishni bajarish tartibi: Nafas olish a`zolari kasalliklariga rinit, faringit, laringit, traxeit, bronxit, pnevmoniya (zotiljam), plevrit, o'pkadan qon ketishi, o'pka shishi, bronxial astma kabi kasalliklar kiradi. Rinit kasalligida tibbiy yordam. Rinit - burun bo'shlig'i shilliq pardasining yallig'lanishidir. Sababi. Shamollash, gripp yoki boshqa kasallik viruslarini yuqishi, chang va o'tkir gaz bug'larining ta'sirida, odam organizmi sezuvchanligining o'zgarishi (allergiya holat). Belgilari. Burundan suyuqlik kelishi, aksa urish, achishishi, burun bitishi tufayli nafas olish va chiqarishning qiyinlashuvi kuzatiladi. Tibbiy yordam. a) Bemorning boshini biroz orqaga engashtirib o'tqaziladi yoki yotqiziladi. - tomizgichga naftizin, 1-2 % protorgol, nazivin, 1 % efedrin eritmasidan birortasi olinadi; - ikkala burun yo'liga 1-2 tomchidan tomiziladi; - dorilar bo‘lmagan hollarda piyoz yoki sarimsoq suviga barobar qaynagan suv qo'shib tomiziladi; - burunni issiq qilib o'rab yurish chang, sovuq havo tushishdan asrash maslahat beriladi. Faringit va laringit kasalligida tibbiy yordam Faringit- halqum shilliq qavatining yallig'lanishi. Laringit - hiqildoq shilliq qavatining yallig'lanishi. Kasallik belgilari. Bir-biri bilan yaqin joylashgan organlar bo`lganligi tufayli yallig`lanish belgilari birgalashib kechadi. Ikkala xastalikda ham bemorda quruq va og`riqli yo'tal bo'ladi. Tomog`i qichiydi, quriydi, qiriladi, tovushi bo'g'iladi, ba'zan ovozi chiqmay qoladi, tana harorati ko'tarilishi mumkin. Tibbiy yordam. Bemorni qulay sharoitda o'tqiziladi yoki yotqiziladi. bemorni tomog`ini protorgol yoki margansovka eritmasi bilan (0,1 %) chayish buyuriladi. Katta kishilarda chayiladi, bolalarda bintni hullab tomoq yo`llari asta-sekin artiladi; - choynakka 1 osh qoshiq ichimlik sodasi va qaynagan suv solinib, bemor og'zi va burnini choynak og'ziga yaqin tutib, eritma bug'idan nafas olinib, nafas chiqariladi (ingalyatsiya qilinadi); - oyoqqa issiq vanna (gorchichnik poroshogi solingan) qabul qilinadi; - 5 ml spirtga 5 tomchi yod qo'shib lyugol eritmasi tayyorlanadi, qisqich yoki qoshiq dastasiga bint o'rab tayyorlangan eritmaga botirib bemor tomog'i artiladi. - bo'yin oldi sohasiga isituvchi kompress qo'yiladi. - bemorni harorati ko'tarilsa aspirin, panadol, paratsetamol tabletkalaridan birontasi ichiriladi; - vrach ko`rsatmasi bilan antibiotiklardan, sulfanilamid preparatlaridan beriladi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling