Tibbiy bilim asoslari


Endokardit kasalligida tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet16/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Endokardit kasalligida tibbiy yordam.
Endokardit – yurak ichki qavatining yallig`lanishi kasalligidir.
Sababi. Asosiy sababchisi revmatizm, kam hollarda turli xil yuqumli kasalliklar va sepsis.
Belgilari. Yurak sohasida noxush sezgi g`ijimlovchi kuchsiz og`riq, rangining oqarishi, lablarning ko`karishi, yurak urishining tezlashuvi, umumiy holsizlik, ba`zida tana haroratining ko`tarilishi, auskultatsiyada yurak sohasida sistolik va diastolik shovqin eshitiladi. Bu yurakning ikki va uch tabaqali hamda yarimoysimon klapanlarining zararlanganligini ko`rsatadi.
Tibbiy yordam: Yurakning endokardit, miokardit, perikardit kasalliklarida ko`rsatiladigan tibbiy yordam deyarli bir xil.
1. Bemor toshakda tinch yotib davolanishi lozim.
2. Kasallik sababchisi aniqlanib, masalan revmatizmdan keyin kelib chiqqan bo`lsa revmatizmga qarshi dorilar beriladi.
3. Yurak qavatining yallig`lanishi boshqa yuqumli kasalliklar asorati tufayli yuzaga kelgan bo`lsa (bo`g`ma, ichterlama, gripp), mazkur kasallikning mikrob va viruslariga davolash tadbirlari o`tkaziladi (Antibiotiklardan sifomizin, vitaminlar guruhi (B guruhi) ATF beriladi).
4. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun glyukoza 20-40 %-10-20 ml kokarbaksilaza, 50 mg askorbin islota 5 % -2 ml vena tomiriga 10 kun davomida.
5. Yurak tomir yetishmovchiligi sodir bo`lsa, strofantin 0,05 %-0,5-1 ml (bolalarga 0,1-0,3 ml) glyukozaga qo`shib asta-sekin tomirga yuboriladi.
6. Davo ishlari shifoxona sharoitida kardiolog nazoratida davolanadi.
Perikarditda tibbiy yordam.
Perikardit – yurak tashqi qavatining yallig`lanishi.
Sababi. Revmatizm, sil, gripp, brutsellyoz, ichterlama, angina kasalligi asorati.
Belgilari. Perikardit quruq va ekssudativ turda kechadi.
Og`ir perikarditda yurak sohasida sanchiqli g`ijimlovchi og`riq yurak ritmining tezlashuvi, umumiy holsizlik, ba`zida tana haroratining ko`tarilishi, eshitib ko`rilganda perikarditni ishqalanishi
(qorni bosganda g`ijirlash tovushi) eshitiladi.

Ekssudatli perikarditda ikki qavat perikard pardalari orasida ya`ni perikard bo`shlig`ida suyuqlik to`planadi. Bemor yurak sohasida og`irlik his etadi. Suyuqlik yurakni qisgani uchun uning kengayib torayishi qiyinlashadi va nafas qisadi, yurak urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko`karadi, tana harorati ko`tariladi, bemorning umumiy ahvoli og`ir bo`ladi. Auskultatsiyada yurak atrofini suyuqlik o`rab, olgani uchun yurak urishining tovushi juda sust eshitiladi.



Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling