Tibbiy bilim asoslari
Download 156,32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yordam
- Angina kasalligida tibbiy yordam Angina - tomoqda joylashgan bodomsimon bezlarning yallig‘lanish kasalligidir. Sababi.
- Tibbiy yordam.
Ishni bajarish tartibi:
Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklariga stomatit, angina, me`da-ichaklardan qon ketish, xoletsistit, o‘tkir pankreatit va boshqalar kiradi. Stomatit kasalligida tibbiy yordam Stomatit-og‘iz shilliq pardasining yallig‘lanishi. Sababi. Ovqat tarkibida vitamin S, PP, B12 larning uzoq vaqt yetishmasligi, surunkali ichak va jigar kasalliklari. Belgilari. Stomatitning 4 turi mavjud: kataral, aftoz, yarali, gangrenoz. - Kataral stomatitda og‘iz shilliq pardasi qizaradi, achishadi, og‘riydi; - Aftoz stomatitda og‘iz shilliq pardasida moshdek, no‘xatdek oq-sarg‘ish pufakchalar paydo bo‘ladi; - Yarali stomatitda og‘iz shilliq pardasida yaralar paydo bo‘ladi, og‘riydi, tana harorati ko‘tariladi; - Gangrenoz stomatitda og‘iz shilliq pardasining yaralangan to‘qimasi nekrozga uchrab, bo‘lakchalarga bo‘linib titiladi. Kasallikning turiga ko`ra og`ir, yengil kechadi. Tibbiy yordam. 1. Bemorni qulay vaziyatda o‘tqiziladi. 2. 1 stakan iliq suvga 1 choy qoshiq soda yoki 1 tabletka furatsilin 1 stakan qaynagan suvda eritilib og‘iz chayqaladi, yosh bolada bintni namlab artiladi (ovqatlangandan keyin). 3. So‘ngra, oksalin yoki flutsinar mazi surtiladi. 4. Bemorni harorati ko‘tarilsa analgin 50 % -1-2 ml dimedrol 1 %-1 ml novokain 0,5% 1-2 ml qo‘shib muskul orasiga yuboriladi. 5. Badaniga spirt (aroq) surtiladi; 6. Ampitsillin, ampioks 350-500 mg, sefazolin, 1 gr. karbenitsilin kabi antibiotiklaklarni birontasi muskul orasiga yuboriladi. 7. Metronidozol gel (20 gr tyubekda chiqariladi) tish milkiga surkaladi. 8. Anasep gel (flakonda chiqadi) og`iz bo`shlig`iga surkaladi. Angina kasalligida tibbiy yordam Angina - tomoqda joylashgan bodomsimon bezlarning yallig‘lanish kasalligidir. Sababi. Angina kasalligini streptokokklar, stafilakokklar va viruslar keltirib chiqaradi. Belgilari. Anginaning to‘rtta turi mavjud: - Kataral angina – tomoq shilliq pardasi va bezlarining qizarishi, yutinganda og‘riq bo‘lishi bilan xarakterlanadi. - Follikulyar anginada tomoq bezlari kattalashadi, qizaradi, ularning ustida moshdek, no‘xatdek yiring parchalari paydo bo‘ladi. - Lakunar anginada tomoq bezlarining oralig`ida yiring pardalari paydo bo‘ladi. - Flegmonoz anginada tomoq bezlari va ularning atrofidagi tomoq shilliq pardasi yiringlaydi, bemorni ahvoli juda og‘ir bo‘ladi. Tibbiy yordam. Anginani davolashda hamma vaqt ham shifoxona sharoitida bo`lish shart emas. Ammo og`ir turlarida bu kasallik yuqumli bo`lganligi bois, bemorni yuqumli kasalliklar bo`limiga yotqizish zarur. Bemorga ko`p suyuqlik ichirish, bodomcha bezlarini turli dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayish, aerozollardan purkash tavsiya etiladi. Halqum va tamoqni chayishda lyugol, yodinol bilan chayish, antibiotiklar qo`llaniladi. Antibiotiklardan gentamitsin muskul orasiga yuboriladi. Amonsiplov suspenziya 312,5 mg 5 ml dan og`iz bo`shlig`iga qo`llaniladi. Download 156,32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling